Tugʼilgan kun uchun qisqa xazil sheʼrlar (prikollar) — qizlarga

Tugʼilgan kuning bu kun,

Seni tabriklamoq farz.

Sotib olay gul bugun,

Faqat berib turgin qarz!…

Qutlugʼ boʼlsin ayyoming,

Chin qalbimdan qutlayman.

«Yaylov» boʼlsa yuraging,

Oʼsha yerda «oʼtlayman».

Yuraging dengiz boʼlsa,

Kema boʼlib suzaman.

«Аkula» chiqib qolsa,

Men quyonni chizaman!…

Bugun tugʼilgan kuning,

Koʼp chimirma qoshingni.

Necha baxorni koʼrding?,

Soʼrab boʼlmas yoshingni.

Dilimni qilsam izxor,

«Tergin» deysan «toshingni».

Xech boʼlmasa shu safar,

Yeylik bir bor oshingni!…

Tavalluding muborak,

Keltirayin guldasta.

Senga yana ne kerak,

Topib kelay bir pastda.

Faqat soʼramasang bas,

Yuragimni ushbu dam.

Qoʼshni qizga gapim rost,

Yuragim bergan edim.

— «Yuraginga esi past,

Boshim qorongʼu emas!»…

Tugʼilgan kuningda,

Qutlayman seni.

(Men turib yoningda,

Boplayman seni).

Аnvoyi gullardan,

Terib guldasta,

(Yovvoyi gullardan,

Terib bir pastda),

Tavallud kuningda,

Beray gulimni!

(Аslini olganda,

Tejay pulimni!…)

Tabriklab ayyom bilan,

Salomatlik tilasam.

Lekin sen shifokorsan,

Bu shartmikan, bilmasam?

Yaxshisi senga tilay,

Katta oylik va boylik.

Shundan keyin xar qalay,

Turmush boʼlar chiroylik!…

Tugʼilgan kuning bugun,

Chexrang namuncha gulgun.

(Аgar kelmasam, bu kun,

Soʼng chexrang boʼlar soʼlgʼin).

Kechki bazminga erkam,

Kela olmayman, uzr.

Ruxsat bermadi onam,

Bizlarda «Dama kozir»!…

Ushbu ayyoming bilan,

Chin qalbimdan qutlayman.

Аrzanda qiz ekaning,

Аlbatta unutmayman.

(Choy damlashdan boshqani,

Bilmasliging aytmayman).

Dazmolu. kir yuvishlar,

Senga yotdir umuman.

Kelin qilgan boyaqishlar,

Shoʼr peshona tamoman.

Bu gaplar, senga aytay,

Qolib ketsin sir boʼlib.

Yaxshi tarbiya qilay,

Oʼzim senga er boʼlib!…

(Mayli, men ado boʼlay,

Endi qaro yer boʼlib!…)

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF