oshkent shahri Olmazor tumani, “Shifokor” mahallasida yashagan 26 yoshli Mehribonu Iskandarova qidirilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Poytaxt IIBB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ayol topilgan — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

“Yaqinda qidiruvi e’lon qilingan Mehribonu Iskandarova Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan topildi. Uning ahvoli yaxshi, xavotirga o‘rin yo‘q”, — deyiladi xabarda.

1994-yilda tug‘ilgan ayol 6-avgust, payshanba kuni, taxminan, soat 08:30 larda uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan edi. Toshkent shahar IIBB ayol qayerdan topilgani va u buncha vaqt qayerda bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot bermagan.

От qwert.uz