18-avgust kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Turkiyada suratga olinayotgan serialda rol ijro etayotgan aktrisalar Rayhon Ulasenova, Feruza Normatova va Ra’no Shodiyeva sport bilan shug‘ullanmoqda.

Rayhon turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Xonanda karantin paytida olti kilogrammga semirganini aytmoqda.

“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Maryam Uzerli yangi surat bilan folloverlariga ko‘rinish berdi.

Lola turmush o‘rtog‘ining ko‘zini yopib turgan suratini folloverlariga ko‘rsatib, unga mehr-muhabbati uchun minnatdorchilik bildirdi.

“Qora niyat” seriali yulduzi Eda Eje va uning Pluto laqabli kuchugi.

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning qizining tug‘ilgan kunida qo‘shiq kuylagan xonanda Munisa Rizayevaning folloverlari undan hokim qizi bilan tanishtirib qo‘yishni so‘radi. Munisa ushbu so‘rovga “Alfonsmisiz?” deya javob qaytardi.

Foto: Instagram / @munisarizayeva

Shuningdek, biroz avval turmushga chiqishni istamasligini aytgan xonanda o‘z idealidagi insonni topganiga ishora qiluvchi post qoldirdi.

Folloverlaridan biri Munisaga O‘zbekistonda bunday inson yo‘qligini aytdi, u esa o‘sha inson uni izlab topganini yozdi.

Foto: Instagram / @munisarizayeva

Nilufar Usmonova buvisi bilan sayrga chiqdi.

Davron Kabulov aktrisa Dilnoza Kubayeva bilan birga Samarqanddagi to‘yda boshlovchilik qildi.

Hind aktrisasi Katrina Kaif Reebok’ning rang-barang krossovkasida namoyon bo‘ldi.

“Bir-biringizni seving, ammo sevgingizni zanjirga aylantirmang, yaxshisi sevgingiz qalb sohillaringiz o‘rtasidagi to‘lqinlanayotgan dengiz bo‘lsin”, — demoqda Ozoda Nursaidova.

“Fazilatxonim va qizlari” seriali yulduzi Deniz Baysal va uning sevimli avtomobili.

От qwert.uz