23-avgust kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Samarqanddagi to‘yda xizmatda bo‘lgan o‘zbek shou-biznesi vakillari.

Rayhon folloverlarini birinchi navbatda o‘zini sevishga undamoqda.

Xonanda Sanjar Xoliqov ilk marta rafiqasi Asilya bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Juftlik Chorvoqda hordiq chiqarmoqda.

Shahzoda bolaligini xotirlab, hozirgi bolalarning sharoiti bilan taqqosladi.

Karantin sabab biroz muddat tanaffus qilgan “Ramo”  turk seriali yana efirga uzatila boshlaydi. Bu haqda bosh rol ijrochisi Murat Yildirim ma’lum qildi.

Xonanda Lola “Do‘stlikka ishonasizmi?” deya folloverlariga murojaat qildi hamda bu boradagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning mulohazalaridan insonga o‘zidan boshqa hech kim do‘st bo‘lmaydi, degan xulosaga kelish mumkin.

Nilufar Usmonova muxlislariga hadya ulashishda davom etishini bildirdi. Bunga qadar ham u bir necha marta o‘z ko‘ylaklarini muxlisalariga sovg‘a qilgan.

Ra’no Shodiyeva qizi bilan tushgan suratni sahifasiga joylab, vaqt juda tez o‘tayotganini yozdi.

Hind aktrisasi Priyanka Chopra va uning sevimli jonivori.

Botir Qodirov ustozi, taniqli bastakor Musaxon Nurmatovni yo‘qlab bordi hamda uning qalamiga mansub “Diydor uchun” qo‘shig‘ini birga kuyladi.

Aktrisa Shahzoda Matchonova folloverlarni ko‘cha-ko‘yda sotilayotgan bo‘yalgan jo‘jalarni sotib olmaslikka chaqirdi. “Jonivorlar uyingizda ko‘ngilxushlik vositasi bo‘lmasin”, — demoqda aktrisa.

Foto: Instagram / @shahzodamatchonova

От qwert.uz