O‘lik deb topilib dafn qilish byurosiga keltirilgan Taymisha Boshampni so‘nggi manzilga kuzatilishdan avval nafas olayotgani aniqlangan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: “Korrespondent.net”
Qayd etilishicha, Michigan shtati Detrroyt shahrida istiqomat qiladigan 20 yashar Boshamp o‘zini yomon his qilgani uchun shifokor chaqirilgan. Tez yordam jamoasi yarim soatlik urinishdan keyin qizni o‘lik deb topgan.
Qiz tanasida qotillik alomatlari bo‘lmagani uchun sud ekspertizasi o‘tkazmaslikka qaror qilingan va oila a’zolariga dafn qilish uchun topshirilgan. Dafn byurosiga keltirilganidan keyin esa xodimlar Taymishaning ko‘zi ochiqligi va nafas olayotganiga guvoh bo‘lgan. Bu vaqtda qiz o‘lik deb topilganidan uch soat vaqt o‘tgan.
Prokuror Jefferi Figerning aytishicha, o‘liklar solinadigan qop ochilganida qizning tirik ekanligi ma’lum bo‘lgan. Taymisha o‘sha zahotiyoq shifoxonaga yuborilgan va sun’iy nafas berish apparati ulangan.
“Bir yarim soatlik kechikish Boshampning salomatligida hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin”,— deb qo‘shimcha qiladi Figer.