Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” tematik istirohat bog‘i hududida bir vaqtning o‘zida 15 ming kishini sig‘dira oluvchi masjid qurilmoqda — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati
Turkiyalik tajribali arxitektorlar tomonidan yaratilgan loyiha asosida qad rostlayotgan masjid maydoni 20 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Masjid 3500 o‘ringa (atrofidagi ochiq namozgohlarni qo‘shib hisoblaganda 15 000 o‘ringa) mo‘ljallangan.
Foto: “Azon.uz”
Unda kattagina kutubxona, anjumanlar zali va uzoq joydan kelgan mehmonlar uchun ham alohida sharoitlar yaratilishi nazarda tutilgan.
Foto: “Azon.uz”
Foto: “Azon.uz”
Foto: “Azon.uz”
Foto: “Azon.uz”
Foto: “Azon.uz”
Foto: “Azon.uz”
Bugungi kunga kelib masjid qurilishi ishlari 70 foizga yakunlangan.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining “Namangan shahrida zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘ini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-sentabrdagi qaroriga muvofiq, Namangan shahrida sobiq “Mashrab” bog‘i o‘rnida “Afsonalar vodiysi” tematik istirohat bog‘ini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
2018-yilning 2-3-may kunlari hamda 2020-yilning 28-fevral–1-mart kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida ushbu madaniyat va istirohat bog‘i loyihasi bilan tanishib, tegishli ko‘rsatmalar berib, istirohat bog‘iga “Afsonalar vodiysi” deya nom bergan. Davlat rahbari 27-iyun kuni Namangan shahriga tashrifi chog‘ida “Afsonalar vodiysi” madaniyat va istirohat bog‘i hududi bo‘lib, bu yerda bajarilgan ishlar bilan tanishgani va dam oluvchilar bilan muloqot qilgan.
Avvalroq Samarqandda 7,5 ming namozxonga mo‘ljallangan viloyatdagi eng katta masjid qurib bitkazilgani xabar berilgan edi. 20-avgust kuni esa Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan “Varroq Termiziy” masjidi ro‘yxatdan o‘tkazildi.