“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu qaylig‘i Jorjina Rodrigesning qo‘lini so‘radi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Getty Images
El Mundo nashrining xabar qilishicha, portugaliyalik futbolchi Jorjina do‘stlari uchun uyushtirgan ziyofat vaqtida uning qo‘lini so‘ragan. Ayol Ronalduga turmushga chiqishga rozilik bergan.
Tadbirda Krishtianu va Jorjinaning oilasidan hech kim bo‘lmagan. Ta’kidlanishicha, juftlik hozircha to‘y qilishni rejalashtirmayapti, uning taxminiy sanasi ham noma’lum.
Portugaliyalik futbolchining to‘rt nafar farzandi bor. Dastlabki uch farzand surrogat onadan dunyoga kelgan. To‘rtinchi farzandi Alana Martinaning onasi Jorjina hisoblanadi.