“Vareniki”larni tayyorlash uchun ko‘p mahsulot ham, vaqt ham ketmaydi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Tuxum — 1 dona
- Tvorog — 200 gr
- Un — 200 gr
- Shakar, tuz
Tayyorlanish jarayoni:
Foto: “Yeda.ru”
Idishga tvorog soling, shakar, tuxum va un qo‘shib sanchqi bilan aralashtiring.
Foto: “Yeda.ru”
Stol ustiga yopishib qolmasligi uchun un seping va tvorogli xamirni ikkiga bo‘lib, har ikkisini ingichka shakliga keltirib oling.
Foto: “Yeda.ru”
Xamirni bir xil qalinlikda kesib chiqing.
Qozonda suv qaynatib oling va xamir bo‘laklarini birma-bir solib pishirib oling. Pishgan xamirlar ustidan murabbo soling.
Foto: “Yeda.ru”
Yogurt, asal va meva qo‘shib issiq yoki sovuq holida ham iste’mol qilish mumkin.
Yoqimli ishtaha!