Ajoyib ko‘rinishga ega “qush ini” taomining mazasi ham o‘ziga xos — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: “Cooks.ru”
Kerakli mahsulotlar:
- Qiyma – 600 gr;
- Tuxum – 1 dona;
- Qo‘ziqorin – 4 dona;
- Piyoz – 1 dona;
- Baton non – 2-3 bo‘lak;
- Sut – 100 ml;
- O‘simlik yog‘i – 1 osh qoshiq;
- Qattiq pishloq – 75 gr;
- Smetana – 1 osh qoshiq;
- Non talqoni – 100 gr;
- Tuz, ziravor, ko‘katlar ta’bga ko‘ra.
Tayyorlanish jarayoni:
Qotirilgan non bo‘laklari sutga solib, ivitiladi.
Foto: “RussianFood.com”
Qo‘ziqorin yuvilib, quritishga qo‘yiladi. Qo‘ziqorin mayda to‘g‘ralib, piyoz bilan suvi chiqquncha qovurib olinadi. Smetana va ziravorlar sepilib, 3-5 daqiqa mobaynida pishiriladi.
Foto: “RussianFood.com”
Qiyma yana bir marta sutda ivitilgan non va petrushka bilan go‘sht maydalagichdan o‘tkaziladi. Unga tuxum, tuz va murch qo‘shiladi. Yaxshilab aralashtirilib, teng porsiyalarga bo‘linadi.
Foto: “RussianFood.com”
Qiymali aralashmani stakan yordamida o‘rtasidan chuqurcha hosil qilinib, chet qismini qalinroq devor yasaladi.
Foto: “RussianFood.com”
Tayyorlangan “qush ini”ning ichiga qo‘ziqorinli aralashmadan bir osh qoshiqdan solinadi.
Foto: “RussianFood.com”
Yog‘ surilgan pergament qog‘ozga asta joylashtirilgan qush inlari 180 darajada 30 daqiqa davomida pishiriladi.
Foto: “RussianFood.com”
Qirg‘ichdan o‘tkazilgan qattiq pishloq taom tayyor bo‘lishiga yaqin ustiga sepiladi va eriguncha 15-20 daqiqaga qo‘yiladi.
Foto: “RussianFood.com”
Tayyor bo‘lgan “Qush ini” taomi sabzavotlar bilan bezatilib, dasturxonga tortiladi.
Foto: “RussianFood.com”
Yoqimli ishtaha!