Malayziyalik talaba Zakridz Rodzining yo‘qolgan smartfoni maymun tomonidan o‘g‘irlangani ma’lum bo‘lgan, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Ta’kidlanishiga qaraganda, 20 yoshli Rodzi uxlashidan avval telefonini karavotiga yaqin joyga qo‘ygan, ertalab uyg‘onganida esa uni hech qayerdan topa olmagan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Twitter / Zackrydz

Zakridz otasi bilan ko‘chaga chiqqan va o‘z raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan. Jiringlagan ovozni eshitganidan keyin gadjetini palma tagidan topgan.

Uyga qaytgach iPhone’nini tekshirgan Rodzi fotogalereyasida maymunning foto va videolarini topgan. U maymunning selfi va boshqa suratlari bilan Twitter sahifasida bo‘lishgan. Maymun telefonni qanday olib chiqib ketgani noma’lum, deyiladi xabarda.

От qwert.uz