“Muhtasham yuz yil” seriali butun turk televideniyesi tarixidagi eng qimmat loyiha bo‘lgan. Undagi aktyorlar mahorati, liboslar, dekoratsiyalar butun dunyo tomoshabinlarining turk kinosanoatiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshishiga sababchi bo‘lgan. Ammo suratga olish jarayonida ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan va bu tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolmagan. Bunga quyidagi fotolar isbot bo‘la oladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Tatuirovka

Foto: “KP.ru”

Epizodlardan birida Xurram sultonning yasanishiga yordam berayotgan Mariya — yordamchi qiz qo‘lida tatuirovkani ko‘rish mumkin. Aktrisa qo‘lidagi tatu grimyorlarning yodidan ko‘tarilgani sabab kadrga tushib qolgan.

Bir libos va taqinchoqdan bir necha aktrisa foydalangan

Foto: “KP.ru”

Foto: “KP.ru”

Serial uchun taqinchoqlar eng yaxshi turk zargarlari tomonidan yasalgan, liboslar esa eng sifatli mato va Swarovski toshlari bilan bezatilgan. Ammo tomoshabinlar nazaridan bir libos yoki taqinchoqning boshqa qahramon tomonidan ham foydalanilgani chetda qolmagan. Masalan, Xurram sulton kiygan liboslarni Sulaymonning singlisi Fotima sultonda ham ko‘rish mumkin. Shuningdek, kimdir bo‘yniga taqqan taqinchoq keyingi qismlarda tillaqosh sifatida yoki aksincha ishlatilgan.

Turli ovozlar

Foto: “KP.ru”

Serialning 4, 12, 17 va 22 qismlarida orqa fondan samolyotning uchayotgan ovozi eshitiladi.

Traktor

Foto: “KP.ru”

Serial suratga olish maydonchasida harbiy safarlar atmosferasini beradigan barcha narsa va jihozlar mavjud bo‘lgan. Ammo kadrga tushib qolgan traktor serial ichiga kirib, muhitni his qilgan odam fikr-xayolini chalkashtirib yuboradi.

Narvon

Foto: “KP.ru”

Bali bey va Mehrimoh uchrashadigan epizodda o‘ng tarafda narvon turganini payqash mumkin. Mayda detallargacha e’tibordan qochirmagan suratga olish jamoasi yaqqol ko‘rinib turgan narvonni qanday qilib ko‘zdan qochirgani kishini ajablantiradi.

Uyali aloqa minoralari

Foto: “KP.ru”

Harbiy safarlar sahnasi shahardan tashqarida bino va qurilishlar ko‘zga tashlanmaydigan yerda suratga olingan. Ammo vazir Ibrohim bor kadrda uyali aloqa minoralari ham ko‘rinib qolgan.

“Viklyuchatel”

Foto: “KP.ru”

Xadicha sulton aks etgan sahnada sham, uning orqasida esa “viklyuchatel” ko‘rinib qolgan. Bu kadrdan hamma chiroq o‘chganda sham yoqsa, film ijodkorlari sham o‘chganda chiroqdan foydalangan degan xulosaga kelish mumkin.

Stolni yasatish

Foto: “KP.ru”

Serialda ovqatlanish sahnalari ham bir qancha tanqidlarga sabab bo‘lgan. Stolda bironta sochiq bo‘lmagan. Stol, stul, dekoratsion shamdon, shuningdek, devorga osib qo‘yiladigan suratli gilamlar yevropaliklarga xos bo‘lgan, Usmonlilarga emas. Shuningdek pomidor, olma kabi mahsulotlar ham imperiyaga ancha keyin keltirilgan.

To‘qima qahramonlar

Foto: “KP.ru”

Serialda Xurramning yetarlicha asabiga o‘ynagan raqiblaridan biri Izabella Fortuna bo‘lgan. Serialda Izabella yosh va go‘zal venetsiyalik malika sifatida tasvirlangan. Tarixda rostan ham shunday malika bo‘lgan, ammo malika vafot etgan vaqtda Sulaymon 10 yoshda bo‘lgan.

От qwert.uz