Foto: Braziliyaning “Kanizak Izaura” seriali bosh qahramonlari 44 yildan so‘ng

“Kanizak Izaura” seriali Braziliya kino tarixidagi eng ko‘p sotilgan loyiha sanaladi. Filmdagi ayollarning go‘zal libosi, qullarning hayoti, shuningdek, hamisha mavjud muhabbat mavzusi tomoshabinlar tomonidan qizg‘in bahslarga sabab bo‘lar edi. 1976-yil suratga olingan “Kanizak Izaura” seriali ekranga uzatilgandan so‘ng oradan 44 yil o‘tdi. 2004-yilga kelib Rede Record telekompaniyasi serialning remeykini ishlab chiqardi. Hozirda serialda ishtirok etgan aktyor va aktrisalar qanchalik o‘zgardi, ularning hayoti qanday kechgani haqida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonidan foydalaning  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Yandeks Dzen”

Luseliya Santos

Foto: “Yandeks Dzen”

Kanizak Izaura obrazida namoyon bo‘lgan Luseliya Santos ilk debyut rolini ham ajoyib tarzda ijro etdi. Aktrisa serial ustida ishlash paytida nimalarni boshdan kechirganini shunday esladi: “Suratga olish ishlari tashlandiq joyda bo‘lib o‘tgan. Hech qanday sharoit yo‘q, shu tufayli kiyimlarni almashtirish va grim jarayonlari issiq avtobuslarda bajarilar edi. Kostyumlar juda ham noqulay, men esa doimo ko‘ylak etagini bosib olar edim. Hattoki yiqilib tushgan vaqtlarim ham bo‘lgan, korsetlar esa nafas olishni qiyinlashtirib yuborardi”.

Foto: “Yandeks Dzen”

Serial namoyishidan so‘ng aktrisa darhol mashhurlikka erishdi. Keyinchalik Luseliya dirijyor va bastakor Jon Neshling bilan turmush qurdi, ammo ularning turmushi uzoqqa cho‘zilmadi. Aktrisaning bir dona o‘g‘li Pedro Neshling ham ota-onasi kabi aktyorlikni tanlagan. Luseliya o‘g‘li Pedroni eng yaqin do‘sti deb biladi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Luseliya o‘tgan asrning 90-yillarida Tibetga tashrif buyurdi va u yerdagi hayot tarziga qizib qoldi. Shuningdek, ushbu sayohatdan so‘ng ikkita hujjatli filmni suratga oldi. Luseliya oxirgi marotaba 2009-yil “Lula, Braziliyaning o‘g‘li” kartinasida ko‘rinish berdi.

Rubens di Falko

Foto: “Yandeks Dzen”

Rubens di Falko serialda rol ijro etgan vaqtda anchagina mashhur va mahoratli aktyor edi. U o‘zining partnyorini zag‘chadek kichkina va oriq qiz edi, deb eslaydi. Uning bo‘yi pastligi tufayli 12 santimetr balandlikdagi tufli kiyishiga to‘g‘ri kelgan. Chunki oramizdagi farq sezilarli darajada bo‘lgan. Shuningdek, uni vizual ravishda kattalashtirish uchun korset bilan belini mahkamlashar edi.

Rubens loyihada kam tajribaga ega bo‘lgan hamda unchalik ham taniqli bo‘lmagan aktyorlar taklif etilgani uchun serialni muvaffaqiyatsiz chiqishiga amin edi. Biroq oradan yillar o‘tib, u eng yaxshi serial sifatida e’tirof etildi. Keyinchalik serialning remeykida komandor Almeydoning rolini ham ijro etdi. Rubens 2008-yil 22-fevralda yurak xurujidan vafot etdi. Ma’lumotga ko‘ra, aktyor oila qurmagan va farzandlari ham bo‘lmagan.

Roberto Pirilo

Foto: “Yandeks Dzen”

Ushbu kartinada tasodifan paydo bo‘lgan yagona aktyor. Aslida film ssenariysida uning obrazi mavjud emasdi, lekin rejissor romantik chiziq sifatida asosiy qahramon xarakterining birinchi muhabbatini qo‘shishga harakat qilgan. Aktyorning 15-epizodidan so‘ng tomoshabinlar uni chindan ham yaxshi ko‘rib qolgandi, shuning uchun uning roli biroz kengaytirildi.

Norma Blum

Foto: “Yandeks Dzen”

Norma haqiqiy san’at ishqibozi. U 11 yoshidan aktyorlik faoliyatini boshlagan. 70 yoshida ham Braziliya seriallarida hanuzgacha rol ijro etib kelmoqda. “Kanizak Izaura”da Norma Izauraga mehribon bo‘lgan Leonsining rafiqasi Malvini rolini ijro etgan.

Lea Garsia

Foto: “Yandeks Dzen”

Lea Garsia serialda hasadgo‘y qul Rozani ijro etdi. 87 yoshga to‘lgan aktrisa hamon filmlarda rol ijo etish bilan shug‘ullanadi.

Zeni Pereyra

Foto: “Yandeks Dzen”

Zeni ham “Kanizak Izaura” serialida oshpaz Januarni ijro etdi. Aktrisa 2002-yil 77 yoshida vafot etdi. Shuningdek, uning so‘nggi roli − “Mening vatanim” deb nomlangan serialda Izaura qahramoni sifatida ko‘rinish berdi.

Edvin Luizi

Foto: “Yandeks Dzen”

Bosh qahramonning turmush o‘rtog‘iga aylangan va uni qullikdan qutqargan “Kanizak Izaura” filmidagi Alvaroning rolini ijro etgan Edvin Luizi serialning mashhurligi uni birgina rol bilan taniqli aktyorga aylantirgani uchun afsuslanadi: “Dastlab serial namoyishidan bir-ikki yil o‘tib, men o‘z rolimdan mamnun edim. Ammo besh yil o‘tdi, o‘n yil ham o‘tdi. Men boshqa o‘nlab seriallarda rol ijro etdim, spektakllarda ishtirok etdim. Ammo hech narsa o‘zgarmadi. Hamma uchun hozirgacha Alvaroman!”, − deydi aktyor. U yana shunday mashhurlik olib keluvchi filmdan taklif tushishini orzu qiladi.