Bollivud yulduzi Vidya Balan haqida 10 qiziqarli fakt (foto)

Hindistonlik aktrisa Vidya Balan juda ko‘p nominatsiyalar va turli xil film mukofotlariga sazovor bo‘lgan Bollivud yulduzidir. U 2014-yilda hind kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun “Padma Shri” nomidagi davlat mukofotini qo‘lga kiritgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Yandeks Dzen”

Vidya Balan haqida tomoshabinlarga noma’lum bo‘lgan 10 ta qiziqarli faktni e’tiboringizga havola etamiz.

16 yoshda debyut

Foto: “Yandeks Dzen”

Vidya Balan Hindistonning Ottapalam shahrida dunyoga kelgan va Bombeyda voyaga yetgan. Uning kumirlari Shabana Azmi va Madxuri Dikshit bo‘lgan. Aktrisa ham bolaligidan san’atga qiziqa boshlagan.

U 16 yoshida ko‘zi xira ko‘radigan, kar qiz Radxiki Matxur obrazini mohirlik bilan ijro etdi. Ommabop sitkom hisoblangan “Biz beshovimiz” kartinasi Vidya uchun kino san’atiga ajoyib yo‘llanma bo‘lib xizmat qildi.

2012-yilda nikoh

Foto: “Yandeks Dzen”

Prodyuser va UTV Motion Pictures kompaniyasining direktori Siddxartx Roy Kapur aktrisa bilan turmush qurdi. Nikoh marosimi Mumbay chetidagi Bandra shahrida bo‘lib o‘tdi. Uning turmush o‘rtog‘i Vidya rol o‘ynagan bir qancha filmlarni suratga olgan.

Sotsiologiya bo‘yicha magistrlik darajasi

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktrisa ota-onasining maslahatiga amal qilgan holda o‘qishini tugatguniga qadar aktyorlik faoliyatini to‘liq olib bormadi. U kollejda bakalavr va magistraturani sotsiologiya bo‘yicha tamomladi va Mumbay universitetida o‘qishni davom ettirdi. Agar aktrisa shou-biznesni tark etmoqchi bo‘lsa, uning oldida yana bir imkoniyat mavjud.

Qiziquvchan kitobxon

Foto: “Yandeks Dzen”

Vidya mutolaani juda yaxshi ko‘radi. Bollivudning taniqli yulduzi biror kunini kitobsiz o‘tkazmaydi. Zamonaviy mualliflardan Paulo Koelo asarlarini yaxshi ko‘rib o‘qiydi.

Tillarga nisbatan qobiliyat

Foto: “Yandeks Dzen”

Vidya Balan ingliz, bengal, malayal, tamil va hind tillarida so‘zlasha oladi.

Bollivudda kino siyosatining o‘zgarishi

Foto: “Yandeks Dzen”

Vidya Balanning ijtimoiy faoliyati tufayli ayollar mavzusidagi filmlarni suratga olish boshlandi. Ilgari kartinalar faqat erkaklar hayoti haqida hikoya qilar edi, u yerda ayol kishining o‘rni ikkinchi darajada bo‘lgan.

Fotosessiya va reklamalarning ko‘pligi

Foto: “Yandeks Dzen”

Vidya filmlarga suratga tushishdan tashqari, boshqa sohalarda ham yuqori talabga ega aktrisalardan hisoblanadi. Uning fotosessiya va reklamalarda ishtiroki hisobiga ish jadvalida ortiqcha vaqti bo‘lmaydi.

Masalan, aktrisa ketma-ket 90 ta reklama roligida ishtirok etgan, shuningdek, Charli Chaplin qiyofasida jurnal muqovasini bezagan.

Vazn bilan bog‘liq muammo

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktrisa bir qancha intervyularida ham o‘z vaznini ushlab turolmasligini tan olgan: u dam semiradi, dam ozadi. Vidya tug‘ruqdan keyingi biroz noqulaylik tufayli o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmaslik uchun yetarli kuch kerakligini ta’kidlaydi.

Ijtimoiy faoliyat

Foto: “Yandeks Dzen”

Vidya suratga tushishdan tashqari, taniqli jamoat arbobi hisoblanadi. U turli xil xayriya tadbirlarida faol qatnashadi va insoniy qadriyatlarni targ‘ib qiladi.

Aktrisaning mashhur opasi

Foto: “Yandeks Dzen”

Vidya Balanning amakivachchasi – hindistonlik model va aktrisa Priyamani juda mashhur. Muxlislar uning opasi Shohrux Xon bilan ishtirokidagi “Chinnay ekspres” komediyasini juda yaxshi ko‘radi.