Ko‘krak bezi saratonidan himoya qiluvchi 6 mahsulot

Olimlarning ta’kidlashicha, ayrim mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish ko‘krak bezi saratoni xavfini kamaytirishi mumkin. Anor, yong‘oq, dukkakli ekinlar va ushbu xavfli kasallikning oldini oladigan boshqa mahsulotlar bilan tanishing hamda ularni ratsionga kiritishga shoshiling  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Qo‘ziqorin

Foto: Marie Claire

Mutaxassislar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni aniqladiki, qo‘ziqorinlarni muntazam iste’mol qilish ayollarda yuz beradigan menopauzadan oldingi davrda paydo bo‘luvchi ko‘krak bezi saratoni xavfini kamaytiradi. Sababi qo‘ziqorin tarkibida antioksidantlar to‘plami mavjud.

Brokkoli

Foto: Marie Claire

Michigan universiteti olimlarining izlanishlariga ko‘ra, brokkoli tarkibida saratonga qarshi antibakterial ta’sirlari bilan mashhur organik birikma – sulfarofanning rekord miqdori mavjud.

Anor

Foto: Marie Claire

Anor ellagik kislotaga boy, u kuchli antioksidant bo‘lib, ko‘krak bezi saratonini keltirib chiqaradigan fermentni to‘xtatishi mumkin. Shuningdek, anor organizmda yurak xastaliklariga qarshi kurashishda ham yordam beradigan antioksidantlar manbayi hisoblanadi. Shuning uchun ayollarga har kuni yarim bo‘lak anor yoki bir stakan anor sharbati ichish tavsiya etiladi.

Yasmiq

Foto: Marie Claire

3500 dan ortiq ayol ishtirok etgan tadqiqotda dukkakli mahsulotlarni doimo tanovul qilganlar ko‘krak bezi saratoniga chalinish xavfi kamayganligi aniqlangan. Ushbu tadqiqotda yasmiq eng yaxshi natijani ko‘rsatgan. U ko‘plab oziq moddalarga, ayniqsa, tola va folatga boy.

Yong‘oq

Foto: Marie Claire

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kuniga 60 gramm yong‘oq iste’mol qilish ko‘krak bezi saratoni va boshqa o‘smalar rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Ushbu mahsulotda saraton hujayralarining o‘sishini sekinlashtirishi isbotlangan omega-3, antioksidantlar va ko‘p miqdorda fitosterol mavjud.