Turmush tarzi, kundalik muammolar, ishdagi asabiylashish, jamiyat va atrofdagilardan ko‘ngil to‘lmasligi bosh og‘rig‘ini keltirib chiqarishi, shuningdek, ushbu yoqimsiz og‘riqqa boshqa kasalliklar, kofein miqdorining oshirib yuborish va uyqusizlik ham sabab bo‘lishi mumkin. Kelib chiqish sababi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, og‘riq salomatlikda muammo borligi yoki tashqi ta’sirdagi nimadir organizmga yoqmayotganidan dalolat beradi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Bunday holda shifokor ko‘rigiga yozilish va gap nimada ekanligini bilib shunga asosan davo choralarini ko‘rish kerak. Lekin ayrim vaqtlarda mutaxassisga yetib borishga vaqt yoki iloj bo‘lmasligi ehtimoli ham yo‘q emas. Bunday vaziyatda nima qilish kerakligiga javob berib o‘tamiz.

Foto: Norton Healthcare

Tinchlaning va dam oling

Ba’zida bosh og‘rig‘iga shunchaki jim holatda yotish ham yaxshi samara beradi, chunki ko‘pincha zo‘riqish va asabiylashish og‘riq keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘proq dam oling, toza havoda sayr qiling. Suv muolajalari ham yaxshi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Efir, yalpiz yog‘i yoki na’matak qo‘shib vanna qabul qilish ham yaxshi natija beradi. Shuningdek, kontrast dush ham yordam bera olishi mumkin.

Agar qon bosimini tushirish va qon aylanishini yaxshilash kerak bo‘lsa, oyoqqa xantal qo‘yish mumkin. Ba’zi shifokorlar esa bunday vaziyatda sovuq kompressdan foydalanishni tavsiya qiladi. Qorong‘i xonada peshonaga sovuq sochiqni qo‘ying va 30 daqiqa yoting. Ammo bu muolaja hammaga ham tavsiya etilavermaydi, bunda shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Tabiiy mahsulotlar

Ayrim hollarda bosh og‘rig‘iga muzlatkichda bor mahsulotlar ham davo bo‘lishi mumkin. Noto‘g‘ri ovqatlanish, yo‘l-yo‘lakay tanovul qilish va yog‘li hamda sho‘r mahsulotlar ham bosh og‘rig‘ini keltirib chiqarishi mumkin. Kishilar o‘zini qanday his qilishi ular ichadigan suv miqdori qancha ekani bilan ham bog‘liq. Qancha kam suyuqlik ichilsa, salomatlikda ham shuncha ko‘p muammo kuzatiladi. Gap shundaki, organizmning suvsizlanishi miyaga kislorodning yaxshi yetib bormasligi va bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi. Migren bezovta qiladiganlar esa choy va qahva o‘rniga moychechakli choy iste’mol qilishi kerak. Shakar o‘rniga kaliy va magniyga boy ekani sabab bosh miyada qon aylanishini yaxshilaydigan asal qo‘shish tavsiya qilinadi.

Karam bargi va qaynatilgan kartoshkani bir necha daqiqaga peshonaga qo‘yish ham yaxshi samara beradi. Rozmarin va dolchin ham analgin o‘rnini bosishi mumkin. Bir stakan suvga bir choy qoshiq dolchin qo‘shilsa, 30 daqiqa turishi, rozmarin qo‘shilganda esa 10 daqiqa kifoya qiladi. Keyin aralashmani har ikki soatda chorak choy qoshiqdan ichib turish kerak.

Migrendan aziyat chekadiganlar ratsioniga bosh og‘rig‘ining oldini oladigan va yurakni mustahkamlaydigan B2 vitaminiga boy mahsulotlar — jigar go‘shti, tabiiy yogurt, ismaloq, bodom, pomidor, tuxum, pishloq, qo‘ziqorin, yasmiq va loviya kiritishi kerak. Ratsionga e’tibor qaratish, yetarlicha dam olish va kunni to‘g‘ri tashkil qilish muammoga yechim bo‘lishi mumkin.

Bosh og‘rig‘ini dorisiz yengillashtirish mumkinmi?

Boshning ensa qismida og‘riq to‘xtamay davom etadigan bo‘lsa, buning sababi osteoxondroz va mushaklar zo‘riqishi bo‘lishi mumkin. Agar har kuni tongda jismoniy mashqlar bajarilsa va hech bo‘lmaganda yarim yilda bir marta maxsus massaj kursi olib turilsa, bu muammo bartaraf bo‘lishi mumkin. Qaddingizni tik tutishga harakat qiling, qomat bukchayganda miyaga qon yaxshi yetib bormaydi.

Yaxshi samara berishi mumkin bo‘lgan mashqlar ketma-ketligini havola etamiz:

  • Chuqur nafas oling. Kaftlaringizni peshonaga qo‘yib, bo‘yningizni taranglashtiring. Shu holatda 5 soniya davomida nafasni ushlab turish kerak. So‘ngra nafas chiqaring va bu harakatni 5 marotaba takrorlang.
  • O‘mrov suyagini iyagingiz bilan silang.
  • Boshni orqaga, oldinga, chap va o‘ngga tomon harakatlantiring.
  • Boshni aylana shaklida harakatlantiring
  • To‘g‘ri o‘tiring va boshingizni orqaga eging. Ko‘zlarni yumgan holda bir necha soniya shunday o‘tiring.
  • Sochingizni yig‘ing va uni og‘riq hosil bo‘lgunicha torting va bir necha marta takrorlang. Mazkur mashq bosh va yuz terisida qon aylanishini yaxshilaydi.
  • Osmonga qarab yoting. Oyoqlaringizni buking. Nafas olganda qo‘llaringiz bilan oyoq kaftini ushlashga harakat qiling.
  • 30 soniya davomida turnikda tortiling yoki uyda turib oyoq uchi va kuraklarni devorga tirash ham mumkin.
  • Yelkalarni bo‘sh qo‘ying, nafas olganda yuqoriga ko‘taring va ushbu harakatni 5 marta takrorlang.
  • Bo‘yinni fortepiano deb tasavvur qiling va barmoqlaringizni klavishlarda musiqa chalgandek harakatlantiring.
  • Qo‘llaringizni karavotga, oyoqlarni polga qo‘yib “otjimaniye” qiling.

Har qanday mashg‘ulotdan keyin bir necha qultum suv ichish kerak. Sport kayfiyatni ko‘tarishi, tetiklashtirishi va bosh og‘rig‘ini qoldiradi. Og‘ir trenirovkalar charchoq va migrenni keltirib chiqarishi mumkin.

Biroq bosh og‘rig‘idan butkul qutulib bo‘lmasligini esda tutish kerak. Bunga turli sabablar bo‘lishi mumkin. Og‘riqning oldini olish uchun sal narsaga asabiylashishni bas qiling. Statistik ma’lumotlariga qaraganda, migrendan eng ko‘p dam olish nimaligini bilmaydigan va ko‘ngil yoza olmaydigan ayollar aziyat chekadi. Shuningdek, passiv hayot tarzi ham kasallik keltirib chiqarishi mumkin.

От qwert.uz