Podagra – “kitobiy” kasalliklardan biri bo‘lib, har qanday romanda ushbu kasallikka chalingan obraz bo‘lishi tabiiy. Afsuski, hayotda ham millionlab kishilar ushbu kasallikdan aziyat chekadi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: “Domashniy ochag”
Zodagonlar kasalligi
Podagra qadim zamonlardan beri mavjud kasallik. Uning alomatlari Gippokrat tomonidan tasvirlangan va kasallikning ilk ta’rifi XVII asrda paydo bo‘lgan. O‘sha vaqtlarda podagra podshohlar yoki zodagonlar kasalligi deb nomlangan. Sababi ushbu kasallik ko‘proq sharob va go‘sht iste’moli, shuningdek, ortiqcha vazn egalarida rivojlanadi, deb ishonishgan. Ammo keyinchalik o‘rta asr tabiblari haq bo‘lib chiqdi. Chunki podagra rivojlanayotgan davlatlarga qaraganda rivojlangan mamlakatlarda ko‘p sonni tashkil etadi. Ayniqsa, spirtli ichimliklar va go‘sht xavf tug‘diruvchi omil hisoblanadi.
Nima uchun podagra paydo bo‘ladi?
Ushbu kasallik suyak va bo‘g‘imlarda peshob kislota tuzlari to‘planishi bilan bog‘liq. Shu sababdan qo‘shma harakatchanlik yo‘qoladi, yallig‘lanish kuzatiladi, teri osti to‘qimalarining zararli siqilishi natijasida tofuslar yuzaga keladi. Agar kasallik boshlangan bo‘lsa, tofuslar tanadagi boshqa organlarga singishi, buyrakda tosh yig‘ilishi yoki yurak klapanlariga tiqilishi mumkin.
Podagraning asosiy kelib chiqish sababi – modda almashinuvining buzilishidir. Irsiy moyillik, ayrim dori-darmonlar kasallik ehtimolini oshirishi mumkin. Shuningdek, sabablardan yana biri spirtli ichimlik va ko‘p miqdorda go‘sht mahsulotini iste’mol qilishdir. Tanadagi peshob kislotasi kristali qancha yuqori bo‘lsa, podagra yanada tez rivojlanadi. Baliq, go‘sht, tarkibida ko‘p miqdorda fruktozali mahsulotlar, spirtli ichimliklar – bularning barchasi peshob kislotasi darajasini oshiradi. Ular qancha ko‘p iste’mol qilingan sari, podagra xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Qanday kasalliklar podagra xavfni oshiradi?
Yuqorida aytib o‘tilganidek, organizmdagi ayrim kasalliklar peshob kislotasi darajasini oshirishi va shunga mos ravishda podagra rivojlanishini qo‘zg‘atishi mumkin. Ayniqsa, bemorlar ratsioniga ehtiyot bo‘lishi va peshob kislotasi miqdorini muntazam tekshirib turishi lozim.
- qandli diabet;
- gipertoniya;
- yurak kasalliklari;
- semirib ketish;
- kechiktirilgan plastik operatsiya.
Podagrani qanday aniqlash mumkin?
Kasallikning ilk alomati oyoqning bosh barmog‘ida qattiq og‘riq kuzatiladi. Barmoq harakatchanligini yo‘qotadi, shishadi va qizarib ketadi. Og‘riqlar odatda tunda yuz beradi, 3-7 kungacha davom etadi. Bemorning tana harorati ko‘tariladi. Agar kasallik ushbu bosqichda davolanmasa, podagra barmoq, tizza, bilak va tirsaklarga tarqalishi mumkin.
Kasallik qanday davolanadi?
Afsuski, podagrani to‘liq davolashning iloji yo‘q. Ammo zamonaviy tibbiyotda kasallikning oldini olish va og‘riqni to‘xtatish uchun kerakli muolajalar qilinadi. Buning uchun og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi dorilar qo‘llanadi. Shuningdek, fizioterapiya ham buyuriladi. Kasallikni davolashning eng yaxshi usuli esa parhez bo‘lib qolmoqda. Masalan, qizil go‘sht, spirtli ichimliklar, qo‘ziqorin va dukkakli o‘simliklarni ratsiondan chiqarish tavsiya etiladi. Agar tofuslar shakllana boshlagan bo‘lsa, u holda ularni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash mumkin.
Podagra xavfini kamaytirish mumkinmi?
Kasallikning oldini olish, ayniqsa, oilada podagra bemorlari bo‘lsa yoki uning xavfini oshiradigan kasalliklar aniqlanganda juda muhim. Agar inson podagra xavfi ostida bo‘lmasa ham quyidagi qoidaga rioya qilishi kerak. Sababi podagra faqat qariganda emas, balki yosh va sog‘lom insonlarda ham uchrashi mumkin.
Ko‘proq suyuqlik ichish – suv tanada peshob kislotasini eritishi va uni chiqarib tashlashga xizmat qiladi.
Vaznni nazorat qilish – tadqiqotchilar ortiqcha vazn podagra xavfini sezilarli darajada oshiradigan jiddiy omillardan biri ekanligini isbotladi. Inson qanchalik to‘la bo‘lsa, uning tanasi peshob kislotasini shuncha tez ishlab chiqaradi va buyrak ishlashi esa sekinlashadi.
To‘g‘ri ovqatlanish – peshob kislotasini ishlab chiqaradigan oziq-ovqat mahsulotlarini kamaytirish zarur. Masalan, go‘sht, soya, loviya, yasmiq, no‘xat kabilar.
Spirtli ichimliklardan voz kechish – umuman ushbu ichimliklarni qabul qilish mumkin emas. Lekin ayrim juda qattiq bog‘lanib qolganlar iloji boricha kamayitrishga harakat qilishi kerak.