Qo‘llar nafaqat shaxsni aniqlashga yordam beradi, balki tibbiy kartochka ham hisoblanadi. Undagi o‘zgarishlar turli kasalliklardan darak berishi mumkin — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Aif.md
Artrit
O‘rta barmoqning ko‘rsatkich barmoqdan yuqori ekani artritga chalinish xavfi yuqori ekanini bildiradi. Shuningdek, bu holat estrogen gormonining kamligi bilan bog‘liq bo‘lib, bu tizza artritiga ham ta’sir qiladi.
Parkinson kasalligi
Qo‘l qaltirashiga antidepressant va astmani davolash uchun dori vositalari, shuningdek, kofeinni ko‘p qabul qilish ham sabab bo‘lishi mumkin. Agar bir qo‘lingiz yoki har ikkisi unchalik kuchli qaltiramasa, bu Parkinson kasalligidan darak beradi. Zudlik bilan mutaxassis ko‘rigidan o‘ting.
Buyrak kasalligi
Tirnoqlar rangining o‘zgarishi buyraklarda bir gap borligidan darak beradi. Hindistonlik mutaxassislar tomondan o‘tkazilgan tadqiqotda tirnoq ustki qismining jigarranggacha bo‘lgan qorayishi, taxminan, 36 foiz buyrak kasalligida kuzatilish aniqlangan. Shuningdek, to‘q vertikal chiziq bo‘lganda ham bee’tibor bo‘lmaslik shifokorga murojaat qilish kerak. Bu melanomaning belgisi bo‘lishi mumkin.
Yurak kasalliklari
Yurak kasalliklariga chalinish xavfi qanchalik yuqori ekanini bilmoqchi bo‘lsangiz, do‘stingiz qo‘lini qising va undan baholashini so‘rang. Lancet jurnalida yozilishicha, qo‘lni qisish darajasi yurak salomatligi haqida qon bosimidan ham ishonchliroq marker hisoblanadi. Shifokorlar hamma gap mushaklarning kuchida deb hisoblaydi: qo‘l qisilganda bo‘shashish va kuchsizlik qancha ko‘p bo‘lsa, kasallikka chalinish xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Gipertoniya
Qon bosimi ko‘tarilishiga moyillikni barmoq uchidan aniqlasa bo‘ladi. Bunga barmoq uchining ichki tomonidagi chiziqlar yordam beradi. 139 kishi ishtirok etgan tadqiqotda aniqlanishicha, gajakka o‘xshash chizig‘i borlarda boshqalarga nisbatan gipertoniyaga chalinish xavfi yuqori bo‘ladi.
Anemiya
Anemiyaning bir necha turlari mavjud, lekin ularning bari organizmda barcha a’zolarni qon bilan ta’minlaydigan sog‘lom qon hujayralari yetishmasligi bilan bog‘liq. Teri rangi, ayniqsa, qo‘llar va tirnoq atrofining oqarishi anemiyaning umumiy simptomi hisoblanadi.
Jigar kasalliklari
Qo‘l kaftida qizil dog‘larning paydo bo‘lishi rivojlanayotgan jigar kasalliklaridan dalolat berishi mumkin. Shuningdek, hatto sovuq kunlarda ham qo‘lning iliq bo‘lib turishi ham kasallik belgisi bo‘lishi mumkin.