London Tabiatshunoslik muzeyi tomonidan o‘tkazilgan yovvoyi tabiat suratlari – Wildlife Photographer of the Year— 2020 natijalari ma’lum qilindi. Hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilgan 49 mingdan ortiq murojaat ichida 15 nafari g‘oliblikka loyiq deb topildi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Wildlife Photographer of the Year

“Quchoqlashish”. Primoryedagi Amur yo‘lbarsining “Qoplon yeri” milliy bog‘idan olingan surat Sergey Gorshkovga omad keltirdi va “Yovvoyi tabiatning eng yaxshi suratkashi” unvoniga sazovor bo‘ldi. Yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan yo‘lbarsning osoyishta daqiqani boshdan kechirayotgani ularni asrab qolishga umidlantiradi, deydi tanlov tashkilotchilari.

Foto: Wildlife Photographer of the Year

“Onam yugur deganida”. Shanyuyan Li ushbu kadrni muhrlash uchun olti yil davomida Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismi Sinxay viloyatidagi yovvoyi mushuklarni kuzatdi. Suratkash “Xatti-harakat: sutemizuvchilar” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Foto: Wildlife Photographer of the Year

Anemonlardagi masxaraboz aslida Sem Sloss uchun oltin baliq vazifasini bajardi va 11-14 yoshli suratkashlar toifasi ichida g‘oliblikka erishdi.

Foto: Wildlife Photographer of the Year

Kordilyeradagi Ritakuba-Blanko tepaligini suratga olgan Gabriyel Ayzenband “O‘simliklar va qo‘ziqorinlar” nominatsiyasida yutuqni qo‘lga kiritdi.

Foto: Wildlife Photographer of the Year

Hayvonlarning noqonuniy savdosiga e’tibor qaratgan Pol Hilton “Yovvoyi tabiat fotojurnalisti: tarix” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Foto: Wildlife Photographer of the Year

Andres Luis Dominges Blanko juda yosh bo‘lishiga qaramay, “Mukammal muvozanat” deb nomlangan surati bilan muvaffaqiyat qozondi. U 10 yoshga to‘lmagan suratkashlar toifasida g‘olib deb topildi.

Foto: Wildlife Photographer of the Year

Kirsten Lyus “Shou-biznes” nomli ijod mahsuli bilan “Yovvoyi tabiat fotojurnalisti: yagona surat” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Foto: Wildlife Photographer of the Year

Liyna Xaykkinen “Yilning yosh suratkashi” nominatsiyasida g‘ozni tutib olgan tulki surati bilan g‘olib bo‘ldi.

Foto: Wildlife Photographer of the Year

Aleksey Badayev “Shaharning tirik tabiati” nominatsiyasida eng yaxshi surati bilan g‘olib bo‘ldi.

Foto: Wildlife Photographer of the Year

Ripan Bisvasnikidek “So‘nggi luqma”ga o‘xshash surat ko‘rganmisiz? Agar ha desangiz, surat tanlovning “Portfolio” nominatsiyasida g‘olib bo‘lishi mumkin.

Foto: Wildlife Photographer of the Year

Shisha qurbaqaning maroq bilan o‘rgimchak chaynashi nafaqat suratkashni, balki tanlovda ishtirok etayotgan hakamlar hay’atini ham o‘ziga jalb qildi. Surat “Xatti-harakat: amfibiya va sudralib yuruvchilar” nominatsiyasi sovrindoriga aylandi.

Foto: Wildlife Photographer of the Year

Xose Luis Ruis “Xatti-harakat: qushlar” nominatsiyasida “Oilaviy portret” nomli surati bilan g‘olib bo‘ldi.

Foto: Wildlife Photographer of the Year

Songda Kay Filippinda rombsimon ko‘rinishdagi kalmarni suratga muhrlagan lahzasi haqiqatan ham oltinga teng lahza bo‘ldi. Ushbu ijodiy ish “Suv osti” nominatsiyasi g‘olibiga aylandi.

Foto: Wildlife Photographer of the Year

“Holat”. Mogens Trollning suratida bir necha lahzaga qotib qolgan uzun burunli maymun xuddi meditatsiyaga singib ketgandek.

Foto: Wildlife Photographer of the Year

“Etna yong‘in daryosi” Luchano Gaudensioga “Yerning muhiti” nominatsiyasida g‘oliblikni olib keldi.

От qwert.uz