Kiyinish borasida didli va maftunkor ko‘rinish uchun qomat va bo‘ydan tashqari, teri va soch rangini ham inobatga olish obrazning muvaffaqiyatli yakunlanishini ta’minlaydi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Yorqin pushti

Foto: Cosmopolitan

Bir vaqtning o‘zida quvnoqlik va romantikani o‘zda aks ettirgan mazkur rangdagi libosni nafaqat norasmiy, balki jiddiy va alohida uchrashuvlarga ham kiyish mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Asosiysi maksimal darajada sipo bichim va dizayndagi modellarga e’tibor qaratish kerak.

To‘q ko‘k

Foto: Cosmopolitan

Navy blue rangida libos kiygan biron ayol e’tiborsiz qolishi mumkin emas. Total look, ya’ni boshdan oyoq ko‘k rangdagi libos yoki boshqa rangdagi kiyimga ko‘k aksessuar yoki detal qo‘shilsa, yanada yaxshi.

Foto: Cosmopolitan

Bunda obraz bashang, uning egasi esa didli ko‘rinadi.

Qizil

Foto: Cosmopolitan

Klassik qizil rang hamda tim qora sochlar e’tibor markazida bo‘lish va hammadan ajralib turish uchun eng mukammal variant.

Foto: Cosmopolitan

Oqshom tadbirlari va ziyofat uchun obrazni qizil rangli lab bo‘yog‘i bilan yakunlash tavsiya qilinadi.

Yorqin bo‘lmagan sariq

Foto: Getty Images

Sariqning yorqin bo‘lmaganidan tikilgan libos va ko‘ylaklar nafaqat yoz kunlari, balki oltin kuz uchun ham ayni muddao.

Foto: Cosmopolitan

Qolaversa, alohida kun va maxsus ziyofatlarga ham mazkur rangdagi libosni tanlab atrofdagilardan o‘zgacha ko‘rinish mumkin. Unga yorqinlik qo‘shish uchun qizil lab bo‘yog‘idan foydalanish mumkin.

Oq

Foto: Getty Images

Oq rang sochlari qora qizlarga qizildan kam yarashmaydi. Ayniqsa, undan libos kiygan ayol yoki qizning terisi bug‘doyrang bo‘lsa.

Foto: Cosmopolitan

Oppoq qizlarga esa yorqin makiyaj orqali go‘zalligiga urg‘u berish tavsiya qilinadi.

От qwert.uz