Turkiya o‘rmonida adashib qolgan aktrisalar, Zokir Ochildiyev o‘g‘lining to‘yidagi yulduzlar yog‘dusi. Instagram yangiliklari

16-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Sharof Muqimov “Va’dalari yolg‘on” deb nomlangan raqsbop tarona yaratdi.

Taniqli qiziqchi Zokir Ochildiyev 15-oktabr kuni o‘g‘lini uylantirdi. To‘yda ko‘plab shou-biznes vakillari mehmon bo‘ldi.

Aktrisa Lola Eltoyeva o‘g‘lining san’at va madaniyat instituti talabasi bo‘lganini bildirdi.

View this post on Instagram

Санъатнинг тоши оғир… Аввалига ҳавас, устозлар, орзуларинг ортидан эргашиб, бу остонага қадам қўясану, елкаларингга зил-замбил тош осилганини сал ўтиб англайсан. Тўғри, ҳечам афсусланмайсан бундан – касбини, театр, кино, роллар… умуман, санъатни севганга машаққат нима бўлибди, дея ўзингга далда ҳам бериб қўясан. Аммо тошлар йиллар ўтгани сари янаям оғирлашаверади, елкаларинг эзилаверади. Буни фақат ўзинг, оила аъзоларинг, яқинларинг сезади, холос… Фарзандларим туғилганида касбимни танлашларидан, оғир, сермашаққат майдонга кириб, бутун умрлик “кураш”ни бўйинга илишларидан чўчирдим. Лекин тақдир экан, иккинчимиз шу йўлни танлади. Танловини ҳурмат қилдик. Майли, дедик. Омадини, билимини синаб, Ўзбекистон Давлат санъат ва маданият институтининг талабаси бўлди. Аллоҳга шукр… Гарчи синов-курашга тўла касбни танлаган бўлса ҳам мустақил қарори, фикри, аҳди борлигидан қувондим. Фақат санъат, халқ учун хизмат қилса, касбини қадрласа, қалбга муҳрлагулик ролларни ижро этса, бундан фақат қувонаман. Она учун бундан ортиғи керак эмас.

A post shared by Lola Eltoyeva (@lolaeltoyevaofficial) on

Shohruh Xon va Kajol bosh rollarni ijro etgan “Hayotda hamma narsa bo‘ladi” filmining suratga olinganiga 22 yil to‘ldi.

Lola Love me klipi o‘z vaqtida mahalliy telekanallarda “toza havodek” qarshi olinganini yodga oldi.

Rejissor Rustam Sa’diyevning “Baron 2” filmining suratga olish ishlari bir muddat tanaffusdan so‘ng qayta tiklanmoqda.

Turk aktyori Burak O‘zchivit muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Taniqli aktyor Ma’ruf Otajonov “Mendirman Jaloliddin” serialida Geyhatu Xan obrazini yaratadi.

Shu serialda turli obrazlarni gavdalantirayotgan aktrisalar Rayhon Ulasenova, Ra’no Shodiyeva va Feruza Normatova Istanbuldagi Belgrad o‘rmonida aylanib yurganida bir muddatga adashib qoldi. Ra’no Shodiyeva ushbu holatdan vahimaga ham tushib qolgan.

Manzura yangi obrazdagi fotosessiyasini taqdim etdi.

Bollivudning yulduzli juftligi Saif Ali Xon va Karina Kapur turmush qurganiga 8 yil to‘ldi. Aktrisa ushbu sana munosabati bilan Instagram’dagi sahifasida ta’sirli post yozib qoldirdi. Muxlislar juftlikni unutilmas kun bilan tabriklamoqda.