408 ming dollarlik yashil “lexenga”si
Foto: “Yandeks Dzen”
Aktrisaning “Devdas” filmidagi ijrosida kiygan barcha liboslari o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lgan. Liboslar qahramon fe’l-atvoriga mos ravishda, buyurtma asosida tikilgan. Film ekran yuzini ko‘rganidan keyin bozorda ko‘ylakka o‘xshash ko‘plab nusxalar paydo bo‘la boshlagan, ammo bir muxlis filmdagi libosning originalini xarid qilishni istagan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. U auksionda Madxuri “Maar Dala” qo‘shig‘ini ijro qilishda kiygan yashil “lexenga”ni 3 kror (408 ming dollar)ga sotib olgan.
Kishor Kumarning 76 ming dollarlik taqdim qilinmagan qo‘shig‘i
Foto: “Yandeks Dzen”
“Tum hi to ho” deb nomlangan va taqdim qilib ulgirilmagan qo‘shiq Kishor tomonidan vafot etishidan atigi uch kun avval, 1987-yil oktabrda yozilgan. Auksionda ijodkorning ashaddiy muxlislaridan biri ushbu qo‘shiqni 0,56 kror (76 ming dollar)ga sotib olib, tinglash baxtiga muyassar bo‘lgan.
Dev Anandning 5451 dollarlik oq-qora fotolari
Foto: “Yandeks Dzen”
Devning 45 dona, imzosi tushirilgan oq-qora fotosi 400 ming rupiy (5451)ga sotilgan.
Priyanka Chopraning 3407 dollarlik oyoq kiyimi
Foto: “Yandeks Dzen”
2013-yilda YuNISEF tomonidan tashkil qilingan “Qizlarni qutqaramiz” dasturi uchun Priyanka auksionga o‘zining Christian Louboutin brendi tomonidan taqdim qilingan pushti poyabzalini qo‘ygan. Ushbu oyoq kiyim 250 ming rupiy (3407 dollar)ga sotib olingan.
Amir Xonning 2125 dollarlik kriket tayoqchasi
Foto: “Yandeks Dzen”
Aktyorning “Bir kuni Hindistonda” filmidagi ijrosi davomida foydalangan kriket tayoqchasi 156 ming rupiy (2125 dollar)ga sotilgan. Auksionda yig‘ilgan mablag‘dan xayriya sifatida foydalanilgan.
Shammi Kapurning 2125 dollarlik sharfi
Foto: “Yandeks Dzen”
1961-yilda suratga olingan “Jungli” filmida Shammi tomonidan taqilgan sharf 156 ming rupiy (2125 dollar)ga xarid qilingan. Mazkur filmda aktyor kiygan kurtka esa shu auksionning o‘zida 88 ming rupiy (1199 dollar)ga sotilgan. Uni Amir Xon o‘z kolleksiyasi uchun xarid qilgan.
Salmon Xonning 1935 dollarlik sochig‘i
Foto: “Yandeks Dzen”
Salmon Xonning “Menga turmushga chiqasanmi?” serialida foydalangan sochig‘i 142 ming rupiy (1935 dollar)ga sotib olingan. Mablag‘ xayriya ishlariga sarflangan.
Farux Shayxning 1307 dollarlik uzugi
Foto: “Yandeks Dzen”
Farux Shayx “Azizam Umrao” filmida gavdalantirgan qahramon uzugi auksionda 96 ming rupiy (1307 dollar)ga sotilgan.
Madxuri Dikshitning 1089 dollarlik sariq sarisi
Foto: “Yandeks Dzen”
Madxuri “O‘g‘il” filmining “Dhak Dhak Karne Laga” klipida kiygan sariq rangli sari yosh qiz va ayollar orasida trendga aylangan. Ushbu libosning nusxalari uchun navbat tinmagani bilan, originalini xarid qilish faqatgina bir muxlisga nasib qilgan va bu unga 80 ming rupiy (1089 dollar)ga tushgan.