Uzbekistan Airways kompaniyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahriga parvozlarni qayta tiklaydi. Bu haqda kompaniya tomonidan ma’lum qilindi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

Toshkent—Sharja—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar 3-noyabrdan boshlab seshanba kunlari amalga oshiriladi. Chipta narxi hozirgi paytda joy turiga bog‘liq ravishda 2,6 million so‘mdan 12,6 million so‘mgacha bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, kompaniya 25-oktabrdan BAAning Dubay shahriga parvozlar sonini ko‘paytiradi, parvozlar haftasiga to‘rt marta — dushanba, chorshanba, payshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Kompaniya mazkur yo‘nalishda iqtisodiy klassdagi chipta narxi arzonlashganini ma’lum qilgan. ayni paytda uning narxi uch million so‘m bo‘lib turibdi.

Avvalroq BAAning Air Arabia loukosteri O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olgandi. Mazkur kompaniya o‘z parvozlarini 4-noyabrdan Sharja va Toshkent shaharlari o‘rtasida boshlaydi. Parvozlar haftada ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Kompaniya mazkur yo‘nalishda chiptalarni 200—240 dollardan taklif qilmoqda

От qwert.uz