Habib Nurmagomedov: “Getji — juda kuchli raqib, u kurashda Konor va Poryedan yaxshiroq”

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi kechadigan jang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Yandex Photos

“Ko‘plab yaxshi jangchilarni taslim etganman. O‘ylashimcha, Jastin Getji kabi raqibni mag‘lub etish — mendan qoladigan meros uchun katta ahamiyatga ega.

Getji va Konor jang startida juda xavfli. Biroq ikkinchi va uchinchi raundlar haqida gapiradigan bo‘lsak, ular u qadar kuchli emas.

Getji — kuchli jangchi. U yaxshi zarbaga ega, yaxshi kurash tushadi. Mushtlarida dinamit bor. Biroq uni yiqitganimda hammasi o‘zgaradi.

Getji kurash borasida Konor va Poryedan yaxshiroq. Uni oktagonda yuz marta yiqita olishga o‘zimni tayyorlayapman”, — deydi Habib.

Eslatib o‘tamiz, 24-oktabr, shanba kuni BAAdagi “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tgan o‘tadigan UFC 254 musobaqasining asosiy jangida Nurmagomedov va Getji ishtirok etadi.