“Qora niyat”ning 4 nafar bosh qahramoni serialni tark etadi

Tomoshabinlar qalbidan joy olib ulgurgan “Qora niyat” serialining aktyorlari birin-ketin suratga olish jarayonlarini tark eta boshladi. “Kinoteka.com”ning yozishiga qaraganda, loyihani davom ettirmaydigan aktyorlar orasida bosh qahramonlar ham bor  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Kinoteka.com”

Ma’lum bo‘lishicha, 85-qismda Xalit vafot etadi, ya’ni Talat Bulut serialni tark etadi. Shuningdek, Kerim rolini ijro qilgan Go‘khan Alkan, Kayya sifatida ma’lum bo‘lgan Barish Qilich, Yigit rolini o‘ynagan Dogach Yildiz hamda Lila sifatida tomoshabinlarga tanish bo‘lgan Buse ham loyihadan chiqishi ma’lum qilingan. “Qora niyat”da bosh qahramonlar Ender (Shevval Sam), Yildiz (Eda Edje) va Shahika (Nesrin Javadzade) serialda asosiy o‘ringa chiqadi.