AQSh prezidenti Donald Tramp 24-oktabr kuni Florida shtatining Vest-Palm-Bich shahrida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida muddatidan oldin ovoz berdi. To‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya prezidentning saylovoldi shtabining YouTube kanalida amalga oshirildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: AFP

Tramp saylov okrugiga rafiqasi Melaniyasiz yetib kelgan. Niqob taqqan prezident oz sonli odamlar hamrohligida saylov uchastkasiga kirgan. U jurnalistlarni ovoz berish yaxshi tashkil etilgan va xavfsiz o‘tganiga ishontirdi.

“Men Tramp ismli yigitga ovoz berdim”, – dedi prezident.

Ma’lumot uchun, AQShda prezident saylovi 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bir nechta shtatlarda muddatidan oldin ovoz berish boshlangan.

Avvalroq The New York Times Rossiya Trampga yordam berish uchun AQShdagi saylovlarga aralashayotganini ma’lum qilgandi.

От qwert.uz