Amerikaning Alabama shtatida politsiyachilar ikkita qizcha o‘tirgan mashinani ta’qib qilishga majbur bo‘ldi. 11 yoshli qizaloq buvisining Ford Ranger’ini minib qochgan. Voyaga yetmagan qiz soatiga 130 kilometr tezlikda patrul mashinalaridan uzoqlashishga uringan, deb yozadi AL — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Twitter
Mazkur hodisa Bessemer shahrida sodir bo‘lgan. Mahalliy ofitserlarga bir ayol murojaat qilib, 11 yoshli nabirasi Ford Ranger avtomobilini so‘roqsiz minib ketganini bildirgan.
Ayolning qo‘shimcha qilishicha, u Jefferson okrugi sherifi ofisiga tegishli ariza yozgan, biroq hozirda o‘zining avtomobilini kafelardan birining qarshisida ko‘rib qolgan.
Politsiya Ford Ranger’ga yaqinlashganida uning ichida ikki nafar qizcha o‘tirgan bo‘lgan. Ular huquq-tartibot xodimlarini ko‘rishi bilan gaz tepkisini bosib, qochishga uringan.
Patrulda pikapni ta’qib etishdan boshqa iloj qolmagan. Bolalar mashina tezligini soatiga 130 kilometrdan oshirib, 50 kilometrga yaqin yo‘l bosib qo‘ygan. Oxir-oqibat ular boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketgan. YTH oqibatida hech kimga jarohat yetmagan.
Avvalroq amerikalik 11 yoshli o‘quvchi maktab avtobusini haydab qochgani, politsiyachilar uni yarim soat quvlashga majbur bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.