Osiyo oshxonasi salomatlik hamda ajoyib ta’mni uyg‘unlashtirishi bilan butun dunyoga mashhur. Ular hattoki mavsumga qarab inson immuniteti uchun foydali bo‘lgan ichimliklarni tavsiya qila oladi. Marhamat, sovuq havoda koni foyda hisoblangan ichimliklar retsepti bilan tanishib chiqing  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Marie Claire

Chakandali choy

Chakanda mevalari qo‘shilgan choy – foydali moddalarning haqiqiy manbayi bo‘lib, u immunitet tizimini yaxshilashda beminnat yordam beradi. Choy o‘zida nafaqat A, B, C, omega-3, omega-6 vitaminlari, balki noyob shifobaxsh xususiyatlarni ham ta’minlovchi tarkibiy qismga ega.

Foto: Marie Claire

Kerakli mahsulotlar:

  • chakanda – 200 gramm;
  • suv – 1000 ml;
  • laym/limon/apelsin – ta’bga ko‘ra;
  • shakar/asal – ta’bga ko‘ra;
  • dolchin – 1 ta tayoqcha;
  • chinnigul – ta’bga ko‘ra;
  • yalpiz – ixtiyoriy.

Tayyorlanish jarayoni:

Chakanda mevalari yaxshilab yuviladi, suvga solinib, 5 daqiqa davomida qaynatiladi. So‘ngra mevalar yaxshilab eziladi, ustidan mayda to‘g‘ralgan sitruslar qo‘shiladi. Tayyor bo‘lgan ichimlikka shakar yoki asal, dolchin, chinnigul va yalpiz solinadi.

Qalampirli choy

Qalampirli choy foydali moddalarga to‘la bo‘lib, qalampirni o‘rta me’yorda iste’mol qilish tanaga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Masalan, qon aylanishi yaxshilanadi, me’da shirasi sekretsiyasini oshiradi, jigar yaxshi ishlashini ta’minlaydi. Qalampirni ko‘k choy bilan birga ichish juda yaxshi natija ko‘rsatadi. Sababi qalampir tarkibidagi kapsaitsin va choy barglarida polifenollar bakterial va virusli infeksiyalarga qarshi kurashuvchi, shuningdek, saraton rivojlanishining oldini oluvchi ikkita kuchli antioksidant mavjud.

Foto: Marie Claire

Kerakli mahsulotlar:

  • ko‘k choy;
  • achchiq qizil qalampir.

Tayyorlanish jarayoni:

Maydalangan achchiq qalampir choy qoshiqning uchida qaynoq choyda eritiladi, yaxshilab aralashtiriladi. Choyga birdaniga ko‘p miqdorda qalampir qo‘shish tavsiya etilmaydi, sababi organizm ta’mga moslashishi kerak. Keyinchalik uni ta’bga ko‘ra qo‘shish mumkin.

Olma va rayhonli smuzi

Olma va rayhon chindan ham noyob mahsulotlar bo‘lib, o‘zida bir necha foydali elementlarni saqlaydi. A, B2 vitaminlaridan tortib, kaliy, fosfor, rux va temirgacha. Ushbu elementlar nafaqat yuqumli kasalliklarga qarshi kurashadi, balki hazm qilishni ta’minlaydi, miya faoliyatini rag‘batlantiradi va ortiqcha xolesterinni yo‘qotadi.

Foto: Marie Claire

Kerakli mahsulotlar:

  • olma – ½ bo‘lak;
  • limon sharbati – 20 gramm;
  • shakar siropi – 20 gramm;
  • rayhon – 4 barg;
  • mineral suv – 50 ml.

Tayyorlanish jarayoni:

Olmalar tozalanadi, bo‘laklarga bo‘linib, blendr yordamida maydalanadi. Ustidan limon sharbati, shakar siropi, mineral suv va rayhon qo‘shiladi. Stakanlarga quyilib, olma bo‘lagi va rayhon bilan bezak beriladi.

От qwert.uz