1975-yilda suratga olingan va 1976-yilning 1-2 yanvar kunlari premyerasi bo‘lib o‘tgan “Buratinoning sarguzashtlari” bolalar uchun mo‘ljallangan eng yaxshi filmlardan biri hisoblanadi. Unda bosh qahramon rolini o‘ynagan aktyor haqida ma’lumot berib o‘tamiz — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: “Yandeks Dzen”
Karyeraning boshlanishi
Buratino roli 9 yashar Dmitriy Iosifov uchun debyut bo‘lgan. Lekin uning yoshi suratga olish maydonchasidagi murakkab vazifalarni bajarishiga xalaqit bermagan. U kamera qarshisida o‘zini erkin va ko‘p yillik tajribaga egadek tutgan.
Foto: “Yandeks Dzen”
Film efir yuzini ko‘rganidan keyin Iosifov juda ham mashhur bo‘lib ketgan. Rejissorlardan turli takliflar kelib tusha boshlagan. 1977-yilda “Qizil qalpoqcha haqida”, 1981-yilda “Sotilgan kulgi”, 1987-yilda“Oshiq bo‘yoqchi haqida hikoya” va boshqa ko‘plab filmlarda rol o‘ynagan.
Foto: “Yandeks Dzen”
U kelajagini aktyorliksiz tasavvur qila olmagan va shu sabab ham shu sohada ta’lim olib, turli filmlarda suratga tushishda davom etgan.
Foto: “Yandeks Dzen”
Aktyorlik karyerasidan rejissorlikka
90-yillarda Iosifda ijodiy krizis kuzatilgan. U aktyorlikni tashlab rejissorlik bilan shug‘ullangan. U yangi faoliyatini shunchalik yaxshi ko‘rganidan ushbu yo‘nalishda avvalroq ish boshlamaganidan afsuslangan.
Foto: “Yandeks Dzen”
Shaxsiy hayot
Foto: “Yandeks Dzen”
Aktyor juda ham yosh uylangan va rafiqasi uch o‘g‘ilni dunyoga keltirgan. Yaqindagina 54 yoshni qarshilagan Iosif karyera zinapoyalaridan tobora ko‘tarilib bormoqda. U o‘zini operator sifatida ham sinab ko‘rgan va bu borada ham omadi chopgan.
Foto: “Yandeks Dzen”
Uning tanlagan sohasida muvaffaqiyatga erishishida esa rafiqasining ishonchi va qo‘llab-quvvatlashining ham hissasi katta.