Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov UFC jangchisi Said Nurmagomedovga Mercedes-Benz avtomobilini sovg‘a qildi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Instagram / @nurmagomedov_said

Qayd etilishicha, siyosatchi sportchini UFC Fight Night 180 musobaqasidagi g‘alabasi uchun mukofotlashga qaror qilgan. Said mazkur musobaqada Mark Shtrayglni jangning 51 soniyasida nokautga uchratgandi.

Foto: Instagram / @nurmagomedov_said

UFC’dagi so‘nggi g‘alabam sharafiga Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning tashabbusi bilan Checheniston Respublikasining birinchi prezidenti, Rossiya Qahramoni Ahmat-Hoji Qodirov nomidagi Mintaqaviy jamoat fondi menga shunday sovg‘a topshirdi!

Akam Ramzan Qodirovga sportchilarni doimiy qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorchilik bildiraman! Bu shuningdek, mashg‘ulot shartlari, motivatsiya va g‘alabaga bo‘lgan munosabat uchun ham amal qiladi. “Axmat” klubida turli millat jangchilari mashg‘ulot o‘tkazadi va Ramzan Qodirov hammaga vaqt ajratadi hamda ularni qo‘llab-quvvatlaydi. Axmat — kuch belgisi!

Said Nurmagomedov, UFC jangchisi

Ma’lumot uchun, Said Nurmagomedov yakkakurashlardagi faoliyati davomida 16 ta jang o‘tkazib, shularning 14 tasida g‘alaba qozongan, yana 2 tasida esa imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Saidning Habib Nurmagomedov va uning oilasiga hech qanday aloqasi yo‘q. Ularning familiyasi bir xil, xolos.

От qwert.uz