Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPX inspektori serjant J.Qosimov Qarshi shahar B.Sherqulov ko‘chasida xizmat olib borayotgan vaqtida Nexia-3 avtomobili haydovchisini spirtli ichimlik iste’mol qilgan yoki qilmaganligini aniqlash maqsadida to‘xtatgani va jarayonni suratga olgan haydovchining telefoni olib qo‘yilgani hamda inspektorga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangani haqida xabar berilgandi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan ma’lum qilinishicha, mazkur xizmat tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi nizom hamda IIVning me’yoriy buyruq talablari buzilganligi aniqlangan.

Shu sababli Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPXB maxsus otryadi 3-safarbar guruhi YPX inspektori serjant J.Qosimov o‘z bildirgisiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etilib, kelgusida yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lmagan lavozimga tayinlangan.

От qwert.uz