Shvetsiyalik robototexnika va sun’iy intellekt sohasi mutaxassisi Xans Fosberg orqa hovlisida yashaydigan zag‘izg‘onlarni ovqat evaziga “butilka” qopqoqlarini yig‘ishga o‘rgatdi. Bu haqda Esquire xabar beradi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Esquire

Ma’lum qilinishicha, ko‘cha yoritgichlaridan parafin sham izlayotgan qushlarni ko‘rgan olim ular buning o‘rniga murakkab vazifalarni ham bajara oladi deb o‘ylagan va ko‘chani toza qiladigan hamda zag‘izg‘onlar qornini to‘ydiradigan mexanizm yaratishga qaror qilgan.

Bu juda ham qiyin loyiha bo‘lgan, internetda bu borada hech qanday qo‘llanma bo‘lmagani sabab Xans hammasini noldan boshlashiga to‘g‘ri kelgan. Mazkur loyiha ustida bir necha yil ishlashiga to‘g‘ri kelgan.

Mexanizm quyidagicha ishlaydi: har gal zag‘izg‘on “butilka” qopqog‘ini keltirib, teshikka tashlaganidan keyin dozatordan bir-ikki porsiya yegulikka ega bo‘ladi.

Uning aytishicha, qushlarni qiziqtirishning o‘zi bo‘lmagan. Kattalari mazkur mexanizmga shubha bilan qaragan, ammo qolgan qushlar ularga ijobiy o‘rnak ko‘rsatgan. Xans kelajakda qushlarni boshqa chiqindilar, masalan, sigaret qoldiqlarini yig‘ishga o‘rgatish, shuningdek, buni butun tuman bo‘ylab amalga oshirish niyatida, deyiladi xabarda.

От qwert.uz