Niderlandiyada Rotterdamdan shahar tashqarisiga chiqishda metro poyezdi mashinist boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida stansiyadagi to‘siqlardan o‘tib, kanaldan 10 metr balandlikda kitlarning dumlari aks etgan ulkan haykallarda turib qoldi. Bu haqda Dutch News xabar bergan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: AFP
Voqea 2-noyabr kuni Speykenisse shahridagi eng so‘nggi De Akkers bekatida yuz bergan. Poyezd ichida yolg‘iz mashinistning o‘zi bo‘lgan. Unga jarohat yetmagan va erkak poyezd ichidan sog‘-salomat chiqib olgan.
Endi temiryo‘lning ushbu qismiga javobgar operator-kompaniya tomonidan poyezdni xavfsiz tarzda stansiyaga qaytarish bo‘yicha texnik ishlar amalga oshiriladi.
“Kitlarning dumlari” – polyestr haykaltarosh Marten Streysning asari hisoblanadi. Haykallar 2002-yilda kanalga o‘rnatilgan.
Foto: EPA
Foto: Telegraaf
Foto: Telegraaf
Foto: Telegraaf