Avstriya poytaxti Venada noma’lum kimsalar otishma uyushtirdi. Hodisa 2-noyabr kuni kechasi Shvedenplats maydonidagi sinagoga va yahudiylar markazi joylashgan hududda ro‘y berdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Kurier nashri ma’lumotlariga ko‘ra, yetti kishi, jumladan, bir nafar politsiyachi halok bo‘lgan, to‘rt kishi yaralangan. Hodisa yuz bergan hudud politsiya tomonidan o‘rab olingan.

Avstriya ichki ishlar vaziri Karl Nexammer hodisani terakt deb baholadi. Hujum qilganlar necha kishi bo‘lgani noma’lum. APA agentligi otishma uyushtirganlardan biri qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Kronen Zeitung nashri o‘q uzganlardan biri xudkush kamari yordamida o‘zini portlatib yuborganini xabar qilmoqda.

Terrorchilarni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya davom etmoqda. Politsiya ushbu hududda yashovchilarni ko‘chaga chiqmaslikka hamda hodisa joyidan olingan foto va videolarni ijtimoiy tarmoqlarga yuklamasdan, politsiyaga yuborishga chaqirgan.

От qwert.uz