Amerikaning Tennessi shtatida yashovchi egizak opa-singillar Otem Shou va Ember Tramontana o‘zining tavallud kunida qiz farzandini dunyoga keltirdi. Chaqaloqlar bir-biridan 90 daqiqa farq bilan tug‘ilgan, deb yozadi “Korrespondent.net”  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Korrespondent.net”

Opa-singillar birinchi farzandlarini ikki yil oldin 10 hafta farq bilan dunyoga keltirgan. Shuningdek, ular ikkinchi farzandga bir xil vaqtda homilador bo‘lishni rejalashtirgan edi. Ammo hech kim chaqaloqlar rejaga ko‘ra tug‘ilishini kutmagan edi.

Ember va Otemning shifokori Jorj Vikning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zining 45 yillik tajribasida bunday tasodifni ko‘rmagan.

Bundan tashqari, chaqaloqlar bir kunda, eng qizig‘i, onalarining tug‘ilgan kunida dunyoga kelgan. Endilikda ular bir sanada 4 kishining tug‘ilgan kunini nishonlaydi. Shuningdek, ular bir-birlarini tug‘ilgan kun bilan tabriklashni unutib qo‘ymaydi.

От qwert.uz