5-noyabr kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Angliyaning Sautport hududidagi Pontins dam olish bog‘ida koronavirusga ommaviy test olishga hozirlik ko‘rilmoqda.
Foto: Reuters
Argentinaning Buenos-Ayres shahrida abortlarni qonuniylashtirish masalasidagi chiqishlarda qatnashayotgan ayol.
Foto: Reuters
Gretsiyaning Saloniki shahrida politsiya patruli komendantlik vaqtida shahar markazida navbatchilik qilmoqda.
Foto: EPA
Hindistonning Haydarobod shahrida Divaliga tayyorgarlik doirasida Lakshmi haykalini tanlayotgan hunarmand.
Foto: Getty Images
Indoneziyaning Yava orolida ko‘rgazmali baliqlar bozorida ularni tomosha qilayotgan xaridor.
Foto: Rex
Rossiyaning Novosibirsk shahrida o‘quv mashg‘ulotida qatnashayotgan harbiy kursant.
Foto: “TASS”
AQShning Portlend hududi rasmiylari shahar ko‘chalariga Milliy gvardiya xodimlarini chiqarish haqida qaror qabul qildi. Bunga saylovdan keyin yuzaga kelgan tartibsizliklar sabab bo‘lgan.
Foto: Reuters
Turkiyaning Van shahrida Shahobiddin Ozselik tomonidan o‘z uyida terib qo‘yilgan mobil telefonlar kolleksiyasi.
Foto: Getty Images
Janubiy Koreyaning Seul shahrida an’anaviy kiyimlarda Kenbokkun qasri ichida tillarang tusga kirgan daraxtlar yonida sayr qilmoqda.
Foto: Getty Images
Xitoyning Pekin shahrida Chanpin tumanida tillarang tusga kirgan daraxtlar ostida sayr qilayotgan odamlar.
Foto: Getty Images
Suriyaning Idlib shahrida Holid Ahmad lagerida tumanga kirib kelgan kuchlig yomg‘ir hamda sovuq havoga qaramasdan yuvinayotgan bolakay.
Foto: Getty Images
Janubiy Koreyada dunyoga kelgan ilk panda bolasi ommaga namoyish etildi.
Foto: Reuters
Hindiston poytaxti Nyu-Dehli shahrida havoning ifloslanish darajasi joriy yildagi eng katta ko‘rsatkich – 304 ballga chiqdi.
Foto: Reuters
“Eta” bo‘roni tropik shtorm shakligacha susaydi. Ayni damda siklon Markaziy Amerika ustidan o‘tmoqda. Shtorm g‘arb tomonga 12 km/soat tezlikda harakatlanmoqda.
Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun Kreml hududidagi Chudov nomidagi yangi arxeologiya muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.
Foto: Reuters
Germaniyada Buyuk Britaniyada qayta ishlangan yadro chiqindilarini vaqtinchalik saqlashga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
Foto: Reuters
Angliyada 5-noyabrdan 2-dekabrgacha takroriy umummilliy karantin joriy etildi. Uning arafasida odamlar ko‘chalarga chiqib ko‘ngillarini yozib olishdi.
Foto: Reuters
AQShning Delaver shtatida 2020-yilgi saylovlar natijasi bo‘yicha o‘z mulohazalarini ulashish uchun niqobini yechayotgan Jo Bayden.
Foto: Reuters
Fransiyaning Vann shahrida Avinyondan koronavirusga chalingan odamlarni ko‘chirish bo‘yicha operatsiyada bemorni tez yordam mashinasiga olib chiqayotgan tibbiyot xodimlari.
Foto: Reuters