Bugun 5-noyabr – dunyoning mashhur Ostankino teleminorasi tug‘ilgan kun. “Daryo” sana munosabati bilan fotojamlanma va qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtiradi.
1957-yilda SSSRda Ostankino televizion minorasini qurish uchun Butunittifoq bo‘ylab tanlov o‘tkazilgan edi. Natijalari esa oradan bir yil o‘tib e’lon qilindi. Unda loyihani arxitektorlar Leonid Batalov, Dmitriy Burdin va dizayner Nikolay Nikitinlar amalga oshirishi ma’lum bo‘ldi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
1960-yilning yozidan minorani qurilishi boshlandi, lekin bir yildan so‘ng poydevorni ishonchli ekaniga shubha tug‘ildi. Aloqa vaziri minorani qurish loyihasini tasdiqlashdan oldin ko‘plab yirik yirik tajribalar va tekshiruvlar o‘tkazdi. Binoning tantanali ravishdagi ochilish marosimi 1964-yilning 22-aprelida bo‘lib o‘tgan.
5-noyabrda minora tug‘ilgan kunini nishonlanishi sababi esa 1967-yil 5-noyabrda Davlat komissiyasi Ostankino teleminorasini foydalanishga topshirish to‘g‘risidagi aktni imzolagan. Akt imzolangan sana esa uning tug‘ilgan kuni hisoblanadi.
Shu kuni to‘rtta teleko‘rsatuvlar va uchta radioeshittirish programmalari efirga uzatildi. Minoradagi qurilish 1968-yil 26-dekabrgacha davom etdi. Balandligi bo‘yicha Torontodagi Si-En-Tauerdan keyin 2-o‘rinda turadi. Ostankino teleminorasini umumiy balandligi 540 metrni tashkil qiladi. Minora 45 qavatdan iborat bo‘lib, o‘nlab doirasimon maydonlar va balkonlarga ega. 328–334 metr balandlikda “Yettinchi osmon” nomli restoran bor. Restoranning aylana shaklidagi imorati 40 minut davomida bir marta o‘z o‘qi atrofida aylanib chiqadi.
Minora quruvchilari Ostankinoning 300 yillik umrini bashorat qilgan edi. Tabiiy ofatlar esa unga zarar bermay qolmadi. U ikkita dovuldan omon qoldi, ammo 2000-yil 27-avgustda sodir bo‘lgan yong‘in unga katta zarar yetkazdi.
Yong‘indan so‘ng minoraning ichki tuzilmalarini tiklash va uning jihozlarini modernizatsiya qilish bilan bog‘liq ishlar olib borildi. Bugungi kunda u yerda yuqori darajadagi himoyalangan xavfsizlik tizimi ta’minlangan.
Hozirda mazkur teleminorada 40 dan ortiq tele va radiokanallar translyatsiyalari amalga oshiriladi. Va albatta, mazkur binoga chiqqan odamlar shaharning maftunkor manzaralarini tomosha qilish imkoniyatiga ega. Siz esa quyidagi fotojamlanma orqali o‘zingizni minora bo‘ylab sayohatga borgandek his qiling!
Foto: Google Photos
Foto: Google Photos
Foto: Google Photos
Foto: Google Photos
Foto: Google Photos
Foto: Google Photos
Foto: Google Photos
Foto: Google Photos
Foto: Google Photos
Foto: Google Photos
Foto: Google Photos
Foto: Google Photos