Mashhurlar nafaqat uslub va soch turmagini o‘zgartirib turishni, balki tashqi ko‘rinishida ham yaqqol eksperiment qilishni yoqtirishi hech kimga sir emas. Ammo shou-biznes vakillarining qiyofa borasidagi qarori har doim ham yaxshilik bilan tugayvermaydi. Ulardan ayrimlari o‘zgarish borasida me’yorni bilib, vaqtida to‘xtasa, ba’zilari mukkasidan ketib, o‘ziga xosligini yo‘qotadi, keyin qanchalik xohlamasin, avvalgidek bo‘la olmaydi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Meri-Keyt Olsen
Foto: Cosmopolitan
Opa-singil Olsenlar tashqi ko‘rinishi o‘ziga xosligi: katta ko‘zlari va yonoqlari bilan ajralib turgan. Eshli hali ham shunday ko‘rinishga ega, ammo Meri yuzida plastik o‘zgartirish qildirganidan keyin haddan ortiq ozg‘in va istarasiz ko‘rinib qolgan. Qolaversa, uning tashqi ko‘rinishiga nazar tashlab 34 yoshda ekanligiga ishonish qiyin.
Tara Rid
Foto: Cosmopolitan
12 yoshidan beri filmlarda suratga tushadigan Tara Rid “Amerikancha pirog”da ham rol ijro qilgan. Shundan keyin aktrisa mashhurlikka erishgan, ammo bu bilan uning o‘ziga beradigan bahosi ortmagan chog‘i, ko‘rinishini o‘zgartirish uchun plastik jarrohlarga murojaat qilgan. Liposaktsiya qildirgan, ya’ni ortiqcha yog‘larni oldirib tashlagan, shuningdek, rinoplastika (burun shaklini o‘zgartirish), bu ham yetmagandek botoks qildirgan. Oqibatda esa yoshidan 5-7 yosh katta ko‘rinishga ega bo‘lgan aktrisaning 44 yosh ekanligiga ishonish qiyin.
Lara Flinn Boyl
Foto: Cosmopolitan
Lara plastik operatsiyalarga shunchalik mukkasidan ketganidan, uni hatto paparatsiyadan berkinishiga ham hojat qolmagan. U qosh va qovoqlarni yuqoriga ko‘tarish, burun shaklini o‘zgartirish, labini shishirish operatsiyalarini boshdan kechirgan va botoks qildirishni ham kanda qilmagan. Shundan keyin aktrisani avvalgidek filmlarga taklif qilmay qo‘yishgan, bu esa uning psixologiyasiga ta’sir qilmay qolmagan. Bir qancha shifokorlar Laraning tashqi ko‘rinishi nafaqat operatsiyalar, balki stress va gormonal o‘zgarishlar sabab ham shunday ko‘rinishga kelib qolgan, deb hisoblaydi.
Meg Rayan
Foto: Cosmopolitan
Muxlislar “Sizga maktub” filmida Meg Rayanni piksi uslubidagi soch turmagi va yoqimli tabassumi bilan eslab qolgan. So‘nggi yillarda esa uning tashqi ko‘rinishi o‘zgargan va shishgandek ko‘rinishiga fillerli inyeksiyalarni va botoksni oshirib yuborgani sabab bo‘lgan, degan taxminlar yo‘q emas. Bundan tashqari, kontur plastikasi va lifting muolajalarini ham amalga oshirgan. Lekin bu kabi o‘zgarishlar bois u ko‘rinishidagi o‘ziga xoslik va husnini yo‘qotgan.
Rene Zellveger
Foto: Cosmopolitan
Aktrisa “Brijit Jons kundaligi” filmidagi roli bilan mashhurlikka erishgan. U vaqtda uning o‘ziga yarashgan yonoqlari, shahlo ko‘zlari hamda va g‘uncha lablari bo‘lgan. Ammo uning tashqi ko‘rinishidan ko‘ngli to‘lmagan va kosmetolog hamda jarrohlarga murojaat qilgan. Operatsiyalardan keyin Rene avvalgidek latofatli bo‘lmay qolgan.
Emmanuel Bear
Foto: Cosmopolitan
Fransuz aktrisasi bundan bir necha 10 yil avval go‘zallik timsoli bo‘lgan. Muxlislari ekranda ko‘rib, ekran qarshisiga mixlanadigan darajada jozibali bo‘lgan aktrisa esa o‘zining ingichka lablaridan ko‘ngli to‘lmagan. U murojaat qilgan shifokorlar jarrohlik davomida xatoga yo‘l qo‘ygan: maxsus biopolimer o‘rniga texnik silikondan foydalanilgan. Bu esa uning yuqori lab shaklini xunuk ko‘rsatib qo‘ygan. Buning oqibati esa uning ayrim suratlarida bilinadi, aktrisa tabassum qilgandek emas, irjaygandek ko‘rinadi. Bearning o‘zi ham qildirgan operatsiyasidan afsuslangan, ammo shuncha urinishlarga qaramay, tabiiy holiga qaytara olmagan.
Dolli Parton
Foto: Cosmopolitan
Dolli qomatini o‘zgartirish uchun qildirgan operatsiyasidan keyin sun’iy ko‘rinishga ega bo‘lib qolgan. Qolaversa. shundan keyin umurtqa pog‘onasi bilan muammolar kelib chiqa boshlagan. Shuningdek, xonanda labi, iyaklari shakli, yonoqlarini ham o‘zgartirib, yuzini torttirgan.