AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp Amerikaning yirik ommaviy axborot vositalari Jo Baydenning saylovlarda g‘olib chiqqanligini e’lon qilganidan keyin hozircha mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortdi, deya xabar bermoqda Meduza — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Getty Images
“Ushbu saylov yakunlanishiga hali vaqt bor”, – dedi Tramp o‘z bayonotida.
Tramp 9-noyabrdan boshlab o‘zining saylovoldi tashviqot guruhi saylov qonunchilikka to‘liq muvofiq tarzda o‘tganini va qonuniy g‘olibni aniqlash uchun sudga murojaat qilishini va’da qildi.
“Amerika xalqi demokratiya tamoyillariga munosib ravishda berilgan haqiqiy ovozlar hisobi to‘g‘risidagi natijani bilmagunicha tinchimayman”, – deydi Tramp.
Jo Bayden, o‘z navbatida, Twitter’da AQSh prezidentligiga saylanganidan faxrlanishini aytdi.
“Bizni qiyin ish kutmoqda, lekin men sizga shuni va’da qilamanki, men uchun ovoz berganingiz yoki bermaganingizdan qat’i nazar, men barcha amerikaliklar uchun prezident bo‘laman”, – deb yozadi Bayden.
Shuningdek, Bayden o‘zining Twitter’dagi maqomini “AQShning saylangan prezidenti” deya o‘zgartirdi.
Skrinshot: Twitter/Jo Bayden
Avvalroq Amerika nashrlari Jo Baydenni AQSHning navbatdagi prezidenti deb e’lon qilgandi.