Budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining yangi maoshlari e’lon qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

1-fevraldan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 7 foizga oshirilgan edi. Shu sababli o‘sha sanadan boshlab quyidagilarning tasdiqlangan maoshlari indeksatsiya qilindi:

  • institut direktori;
  • direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, institut va boshqa ilmiy muassasalar filialining direktori;
  • institutning ilmiy kotibi, ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (bo‘limi) mudiri;
  • filial va boshqa ilmiy muassasalar direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;
  • bosh, yetakchi, katta va kichik ilmiy xodimlar;
  • stajyor-tadqiqotchi.

Qayd etilishicha, maoshning summasi ilmiy daraja (Doctor of Science, Ph.D.), unvon va ayrim hollarda — ilmiy faoliyat tajribasiga egaligiga bog‘liq. Bunda:

a) fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan bosh ilmiy xodimlarning maoshi fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan bosh ilmiy xodimning bazaviy lavozim maoshi darajasida belgilanadi.

b) ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari (bo‘limi) mudirlarining o‘rinbosarlarining bazaviy lavozim maoshi ularga berilgan ilmiy darajalar va unvonlarga muvofiq ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari (bo‘limi) mudirlarining lavozim maoshiga nisbatan 5 foizga kamaytirgan holda belgilanadi;

v) Prezidentning yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida loyihalar rahbarlari lavozimlari yoki shunga o‘xshash lavozimlar nazarda tutilgan hollarda, ushbu lavozimlarga ilmiy-tadqiqot bo‘limlari mudirlarining bazaviy lavozim maoshlari belgilanadi.

Yangi raqamlar bilan (2020-yil 1-fevraldan boshlab) lavozimlar kesimida bu yerda tanishish mumkin.

Hujjat 2-noyabrda e’lon qilingan.

От qwert.uz