Serial tomosha qilishni yaxshi ko‘radigan, lekin voqealar rivojining cho‘zilib ketishi va sanoqsiz qismlardan charchagan tomoshabinlar uchun qisqa, shu bilan birga qiziqarli sujetga ega variantlarni tomosha qilish tavsiya qilinadi. Bu borada quyidagi ma’lumotlar asqatishi mumkin — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
“Navbat bizda”
Foto: Dizilah.com
Serialdagi qahramon qiz yigitini boshqasi bilan birga ko‘rib qoladi. Shundan keyin osmono‘par binoga chiqadi. Boshqa bir yosh yigit uni sakramoqchi, degan xayolga borib, bunday qilmaslikka undaydi. Ular do‘st tutinadi, yigit qizga barcha muammolarini unutishga yordam beradi. Oradan biroz vaqt o‘tganidan keyin qiz sobiq sevgilisini kechiradi va ular turmush qurmoqchi bo‘ladi, ammo qizga yordam bergan yigit kuyovning ukasi bo‘lib chiqadi va qiz his-tuyg‘ulari borasida ikkilana boshlaydi.
“Ikki yolg‘onchi” — 9 qismdan iborat
Foto: Dizilah.com
Komediya janridagi ushbu serialda yoshlar o‘zini boy qilib ko‘rsatishga urinishini guvohi bo‘lish mumkin. Hayotdagi omadsizliklardan keyin notanish qiz va yigit pul hamma narsani hal qiladi, degan xayolga kelib badavlatdek ko‘rinishga harakat qiladi. O‘ziga to‘q oila vakillari bilan tanishadi va vaqtini chog‘ o‘tkazib, bir-birini sevib qolganini bilmay qoladi.
“Qaldirg‘och bo‘roni” — 7 qismdan iborat
Foto: Dizilah.com
Boy oilaning farzandi oilasiga mos kelmaydigan yigitni sevib qoladi, ota-onasi uni qiziga noloyiq deb hisoblaydi. Qiz yigit bilan qochib ketadi, ammo uni topib olishadi. Bu vaqtda u homilador bo‘ladi. Farzandni dunyoga keltirganidan keyin akasi, bolani olib rafiqasiga beradi. Rafiqasining ham o‘sha kuni ko‘zi yorigan bo‘ladi va hamma uni egizak dunyoga keltirdi deb o‘ylaydi. Qizni sevmagan insoniga turmushga berishadi va oradan yillar o‘tib u qasos olish uchun qaytadi.
“Uyimdagi dushman” — 6 qismdan iborat
Foto: Dizilah.com
Yosh qiz obro‘li oilaga enaga bo‘lib ishga kiradi. Ko‘rinishidan yoqimtoy va yaxshi bo‘lgan qizning bu oilaga kelishdan maqsadi boshqa: turmush o‘rtog‘i va dunyoga kelmagan farzandi uchun qasos olish.
“Talonchi”— 6 qismdan iborat
Foto: Dizilah.com
Serialda voqealar rivoji biznesda ham oilaviy hayotda ham muvaffaqiyatga erishgan, sevimli rafiqasi, jajji o‘g‘li bor erkak hayotiga asoslangan. Birgina tasodif tufayli hayoti butkul izidan chiqadi, fojiali voqeadan keyin komaga tushib qoladi va oradan 10 yil o‘tib o‘ziga keladi. Bu vaqtda hamma narsa tamoman o‘zgarib ketgan bo‘ladi.
“Sevimli o‘tmish” — 8 qismdan iborat
Foto: Dizilah.com
Serial sujetiga ko‘ra uch opa-singilni bolaligida bir-biridan ayirib, onasini qilmagan jinoyati uchun qamoqqa tiqishadi. Qizlardan biriga anonim maktub kelmaguniga qadar qizlar ham opa-singillari borligi haqida bilmaydi. Onasi qamoqdan chiqqan va farzandlarini topishga harakat qilayotgan bo‘ladi. Shundan keyin hammasi boshlanadi.
“Yulduzlar mening guvohim” — 4 qismdan iborat
Foto: Dizilah.com
Serialda mashhur xonanda, uning onasi va muxlislari haqidagi voqealar rivojini tomosha qilish mumkin. Musiqiy komediya janrida suratga olingan “Yulduzlar mening guvohim”dagi yoqimli musiqalar kishi kayfiyatini ko‘taradi.
“Yaxshi va yomon kunda” — 6 qismdan iborat
Foto: Dizilah.com
Komediya janridagi ushbu serial to‘y kuni bo‘lajak kuyov tashlab ketgan qiz va oradan yillar o‘tib boshqa bir sevgilisi bilan qiz ishlaydigan agentlikka to‘yini tashkil qilish uchun murojaat qilgan yigit haqida.
“Yangi hayot” — 9 qismdan iborat
Dushmanlari ko‘pligidan tashvishga tushgan biznesmen yosh rafiqasining hayoti xavf ostida qolishidan qo‘rqib kelishgan, ular sobiq maxfiy xizmati xodimini ishga oladi. Qo‘riqchining ham oilasi, o‘ziga yarasha sirlari va muammolari bo‘ladi. Ularning har ikkisi qanchalik noto‘g‘ri ekanini bilsa ham bir-birini yoqtirib qola boshlaydi.
“Sharaf so‘zi” — 4 qismdan iborat
Foto: Dizilah.com
Yosh yigit bir vaqtlar hayotini saqlab qolgan insonga u qachon yordamga muhtojlik sezsa, nima bo‘lishidan qat’i nazar, yordam berishga vada beradi. Oradan yillar o‘tib esa va’dasining ustidan chiqishiga to‘g‘ri keladi.