Film qahramonlari tomonidan taqilganidan keyin tarixda afsona bo‘lib qolgan taqinchoqlar

Millionlab tomoshabin va muxlislar qalbidan joy olgan filmlarning nafaqat sujeti, aktyorlar mahorati, balki har bir detali yoddan chiqmasligi aniq. Ayniqsa, haqiqatan ham o‘ziga xos dizaynga ega va nozik did bilan yaratilgan bo‘lsa  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

“Janoblar malla sochlarni xush ko‘radi” filmida Loreley Li taqqan taqinchog‘i

Foto: Harper’s Bazaar

Merlin Monroning har gal efirda chiqishi o‘ziga xos voqea bo‘lgan, lekin “Janoblar malla sochlarni xush ko‘radi” filmi muxlislar qalbidan joy olgan. Ayniqsa, aktrisaning pushti libosda qo‘shiq kuylab, raqsga tushgan sahnasi esda qolarli bo‘lgan. Madonna Material girl qo‘shig‘idagi klipda ushbu obrazni ko‘chirgan. Ushbu obraz haqida gap ketganda brilliant taqinchoqqa alohida to‘xtalish kerak, chunki usiz ko‘rinish to‘liq bo‘lmas edi. Ko‘zni qamashtiradigan ushbu taqinchoq haligacha barcha qizlarning orzusi hisoblanadi, zargarlar esa undan nusxa olishdan charchamaydi.

“Tiffanidagi nonushta” filmidagi Xolli Golaytli taqqan taqinchoq

Foto: Harper’s Bazaar

Trumen Kapot asarining ekranizatsiyasi “Tiffanidagi nonushta”

filmida Odri Xepbyorn ijrosidagi qahramon taqqan taqinchoq haligacha qiz va ayollar uchun sevimli aksessuarlardan biri hisoblanadi. Givenchy brendidan taqdim qilingan qora libos va taqinchoq umumlashmasidan tashkil topgan obraz esa filmdan keyin bir juda ham ko‘p takrorlangan.

“Yoqimtoy ayol” filmidagi Vivenning marjoni

Foto: Harper’s Bazaar

Mazkur film sevgi borasida hech qanday ijtimoiy kelib chiqish rol o‘ynamasligini isboti hisoblanadi. Unda Richard Gir gavdalantirgan qahramon operaga borishidan avval Juliya ijro qilgan qahramon qizga dabdabali oqshom libosi va yoqut hamda brilliantlar bilan bezatilgan taqinchoq tanlab beradi. Film ekran yuzini ko‘rganiga 30 yil bo‘lganiga qaramay, bugungi kungacha ayollar sevimli insonidan shunday sovg‘a qabul qilishni istaydi.

“Titanik”da Rouz taqqan taqinchoq

Foto: Harper’s Bazaar

Jeyms Kemeronning filmida “Ummon qalbi” deb atalgan, sujet so‘ngida dengizga tashlab yuborilgan taqinchoq “Titanik”ning voqealar davomiyligi va Keyt Uinsletning obrazida ham o‘ziga xos rol o‘ynagan. Shundan keyin Vetements brendi tomonidan taqinchoqning dizayni takrorlangan nusxasi taqdim qilingan. Filmga saundtrek kuylagan Selin Dion aynan ushbu taqinchoqni taqib, ko‘rinish bergan va muxlislari ko‘zini quvnatgan.