10-noyabr kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Turkiyaning Antaliya shahrida Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk o‘limining 82 yilligi munosabati bilan dengizga yoyilgan davlat bayrog‘i.

Foto: Getty Images

Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahrida kuchli yomg‘irlar vaqtida ularning tomchisida aks etgan ayol.

Foto: EPA

Indoneziyaning Jakarta shahrida hukumat tomonidan taklif etilgan mehnat islohotlariga qarshi namoyishda sun’iy sakkizoyoq ustida yotgan baliqchi.

Foto: Reuters

Avstraliyaning Sidney shahrida rassom Skott Marsh tomonidan AQSh prezidenti Donald Trampni tasvirlovchi freska.

Foto: Reuters

Angliyaning Sanderlend hududida yarashish kunida Penshou haykali qizil tusga kirdi.

Foto: PA

Kanadaning Manitoba hududidagi Gudzon qirg‘og‘ida dengiz muzining qaytishini kutayotgan ayiq.

Foto: Reuters

Tayvanning Yangi Taybey hududida kuz barglari bilan bezangan ko‘prikda suratga tushayotgan yo‘lovchilar.

Foto: EPA

Indoneziyaning Banda-Achex hududida niqobsiz yurgan odamlar jazo tariqasida jismoniy mashq bajarmoqda.

Foto: AFP

Tog‘li Qorabog‘dagi sulh haqidagi xabarlardan so‘ng Yerevanda tartibsizliklar boshlandi. Norozi armanlar parlament hamda hukumat binosiga bostirib kirishdi.

Foto: Reuters

Angliyaning London shahrida maxsus maslahatchi Dominik Kammings bosh vazir uyiga kirish uchun kutmoqda.

Foto: AFP

Tog‘li Qorabog‘dagi sulh haqidagi xabarlardan so‘ng Yerevanda tartibsizliklar boshlandi. Norozi armanlar parlament hamda hukumat binosiga bostirib kirishdi.

Foto: Reuters

Ozarbayjon harbiylari Armaniston osmonida uchib yurgan Mi-24 samolyotini (Rossiya) urib tushirdi.

Foto: Reuters

Xitoyning Shanxay shahridagi savdo markazlaridan birida AQSh prezidentligiga nomzod Jo Baydenning nutqi namoyish etilmoqda.

Foto: Reuters

Hindistonning Ahmadobod shahrida kulol yuzlab moy lampalarini qurishga qo‘ymoqda.

Foto: Reuters

Rossiyaning Omsk hududidagi klinikada pandemiya sharoitidagi navbat.

Foto: Reuters

Parij ko‘chalari pandemiya vaqtida.

Foto: Reuters

Gretsiyaning Krit orolidagi Gurnes qishlog‘ida kuchli yomg‘irdan so‘ng mahalliy aholi uy xarobalari yonida turibdi.

Foto: Reuters

Filippinning Manila shahridagi Baseko plyajida o‘ynab yurgan bolalar.

Foto: Reuters

AQShning Florida shtatida tropik shtormdan keyin yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida zarar ko‘rgan taksi.

Foto: Reuters

От qwert.uz