Cosmopolitan 46 yoshni qarshilagan yulduz Leonardo Di Kaprio yillar davomida eng taniqli va katta miqdorda gonorar oluvchi aktyorlar ro‘yxatida turishini ma’lum qildi. U faoliyati mobaynida 250 million dollar daromad yig‘gan. Ularni nimalarga sarf etishi esa albatta, qiziq  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Cosmopolitan

Mashina haydashni yaxshi ko‘radi

Leo tezkor mashinalar ishqibozi. U Fisker Automotive brendi kasodga uchramasidan avval sarmoya kiritgan va hatto brend elchisiga aylangan. Shuningdek, “Formula E” poygasi ishtirokchisi bo‘lgani va uning garajida boshqa mashinalari qatorida Tesla Roadster ham joy olgan. Aytgancha, uning ilk mashinasi 1969-yilgi Ford Mustang bo‘lib, u bir necha marotaba yo‘llarda buzilib qolgan.

Aktyor yaxtalar sotib olmaydi, unga ijaraga olish qulayroq. U bir vaqtlar dunyo bo‘yicha kattallikda beshinchi o‘rinda turuvchi yaxtani ham ijara olgan. Uning qiymati qariyb 700 million dollarni tashkil etadi. Uning shaxsiy samolyoti ham yo‘q, lekin xususiy avikompaniya orqali sayohat qilishni afzal biladi. Bu ishi esa tabiatni muhofaza qilish mutaxassislariga unchalik ham yoqmaydi.

Saxovat ishlarida faol

Aktyor ko‘pincha xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi. 2020-yil 25-avgustda Leo o‘zining Earth Alliance − atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti tomonidan Amazon Forest Fund – Amazon o‘rmon yong‘inlaridan qutqarish uchun 5 million dollar ajratishni e’lon qildi.

Foto: Cosmopolitan

2010-yilda u Bono gitarasi uchun yuz ming dollar sarflagan va yana Gaitidagi zilziladan jabrlanganlarga yordam puli ajratgan. Shuningdek, u o‘z nomi ostidagi xayriya jamg‘armasi orqali saxovat ishlarini amalga oshiradi.

Haykalcha va rasmlar yig‘adi

Ko‘p yillar davomida aktyor “Yulduzlar jangi”ning haykallarini yig‘ib yuradi, ularning soni 150 ta, superqahramonlarning soni esa 200 dan oshgan. Leoning yana bir sevimli mashg‘uloti – rasm yig‘ish. Mish-mishlarga ko‘ra, u rasmlarning ajoyib to‘plamini yig‘gan. Shuningdek, u suratga olingan rasmni taniydigan mobil dasturda investor sifatida ishtirok etadi.

Foto: Cosmopolitan

Bundan tashqari Leo g‘ayrioddiy buyumlarni yaxshi ko‘radi. U bir vaqtlar “Oz sehrgari” filmidagi Dorotining yoqutdan yasalgan poyabzalini akademiya muzeyiga qaytarish uchun sotib olgan. Albatta, aktyor ushbu filmning muxlisi sifatida uni o‘z kolleksiyasiga qo‘shishi mumkin edi, ammo Leo buni qilmadi.

Foto: Cosmopolitan

Shuningdek, u “Kasablanka” filmidagi mashhur pianinoni ham kimoshdi savdosida 3,5 million dollarga xarid qildi.

Uy va turar joylar sotib oladi

Di Kaprio ko‘chmas mulk investori sifatida ham ancha taniqli. U bir necha oy ichida Los-Anjeles yaqinida umumiy qiymati 23 million dollardan ortiq bo‘lgan uchta mulkka ega bo‘ldi. Uylarning birida hovuz, sakkizta hammom va mehmonxona mavjud. U ushbu mulkdan tashqari, Nyu-Yorkda ikkita xonadon, Malibuda okean manzarali uy va Beliz yaqinidagi orolga egalik qiladi.

Foto: Cosmopolitan

Shuningdek, Di Kaprio hayvonlarni ham juda yaxshi ko‘radi. Bir necha yil oldin 120 yilgacha yashashi mumkin bo‘lgan toshbaqa sotib olgan. Kattaroq toshbaqalarning narxi 10 ming dollargacha bo‘lishi mumkin.

Foto: Cosmopolitan

От qwert.uz