Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta taxtga o‘tirganida 27 yosh bo‘lgan va ko‘pchilik ushbu yosh va nozik qiz mamlakatni boshqara olishiga shubha qilgan. Ammo u keyinchalik berilgan baholarning noto‘g‘ri ekanini isbotlagan. Yelizaveta yoshligida qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan va nimalar bilan shug‘ullanganini quyidagi fotolardan bilish mumkin — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Cosmopolitan
1936-yil, malika Yelizaveta va Margaret onasi Yelizaveta bilan. Bir necha yillardan keyin qirolicha korgi zotli itni tanlagan.
Foto: Cosmopolitan
Yosh malikalar Londonning Waterloo metro bekatida. Urush vaqtida ular Shotlandiyadagi Balmoral qal’asida keyinroq Norfolkdagi Sandringem saroyida yashagan.
Foto: Cosmopolitan
1947-yilda opa-singillar Royal Windsor Horse Show’ni diqqat bilan kuzatmoqda.
Foto: Cosmopolitan
Aynan shu yili Yelizaveta va shahzoda Filipp unashtirilgan.
Foto: Cosmopolitan
1948-yilda malikalar Franklin Ruzveltga atab o‘rnatilgan yodgorlikning ochilish marosimida ishtirok etgan.
Foto: Cosmopolitan
Oradan bir necha oy o‘tib, Yelizaveta birinchi farzandi shahzoda Charlzni dunyoga keltirgan.
Foto: Cosmopolitan
1950-yilda bo‘lajak qirolicha Annani dunyoga keltirgan.
Foto: Cosmopolitan
Yelizaveta sayr vaqtida qizining og‘zini artayotgani kadrga muhrlangan foto.
Foto: Cosmopolitan
Yelizaveta va Filipp AQSh prezidenti Garri Trumanning chiqishini tabassum bilan tinglamoqda.
Foto: Cosmopolitan
1951-yil bo‘lajak qirolicha turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda Ottavadagi davlat arxivini tomosha qilmoqda.
Foto: Cosmopolitan
1951-yil Yelizaveta va Filipp Monrealdagi xokkey o‘yinini tomosha qilmoqda.
Foto: Cosmopolitan
1951-yil bo‘lajak qirolicha Galifaksdagi universitetga tashrif buyurgan.
Foto: Cosmopolitan
1951-yil malika Yelizaveta Uinston Cherchill bilan birga.
Foto: Cosmopolitan
Toj kiydirish marosimidan keyin Yelizaveta va Filipp 13 mamlakat bo‘ylab sayohat qilgan. Suratda Yelizaveta II 1953-yil Melburnda. U Avstraliyaga tashrif buyurgan tarixdagi ilk qirolicha bo‘lgan.
Foto: Cosmopolitan
Qirolicha Tasmaniyadagi Avstraliya qo‘shinlari bilan salomlashmoqda.
Foto: Cosmopolitan
1953-yil, Janubiy Avstraliya bosh vaziri Tomas Pleyford rafiqasi bilan birgalikda qirolichani kutib olmoqda.
Foto: Cosmopolitan
1954-yil, Qirolicha kemadan endigina tushganida olingan foto.
Foto: Cosmopolitan
1954-yil, Yelizaveta II aktrisa Kler Blum va prodyusser Aleksandr Kord bilan tanishmoqda.
Foto: Cosmopolitan
Qirolicha va malika Margaret 1955-yilgi ot poygalarida.
Foto: Cosmopolitan
1956-yil, Yelizaveta II Nigeriyada.
Foto: Cosmopolitan
Qirolicha Uimbldon turniri kubogini qora tanlilar orasida tarixda ilk bor g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Altee Gibsonga topshirmoqda.
Foto: Cosmopolitan
1964-yil, Qirolicha shahzoda Edvard va Endryu bilan birga mashinada ketayotgani aks etgan surat.