Amerikada bo‘lib o‘tgan saylov natijalari nafaqat Jo Bayden, balki Kamala Xarris uchun ham omadli bo‘ldi. Vitse-prezident kursisiga ega bo‘lganidan keyin siyosatchilar uning siyosiy qarashlarini tahlil qilishga kirishib ketgan bo‘lsa, moda tanqidchi va ixlosmandlari qiziqishi doirasida uning obraz va kiyinish uslubiga e’tibor qarata boshladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Star hit.ru

Nafaqat ilk ayol, balki kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan qora tanli Kamala nomzodi deyarli barcha Gollivud yulduzlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangandi.

Foto: Star hit.ru

Xarris omma oldida o‘zini sipo tutadi, o‘ziga nisbatan alohida e’tibor jalb qilishlarini yoqtirmaydi va shundan kelib chiqqan holda libos tanlaydi. U ko‘proq tanlov borasida qomatni aks ettiradigan, shu bilan birga, jiddiy qilib ko‘rsatadigan kostyum-shim kiyishni afzal biladi.

Foto: Star hit.ru

Ba’zi vaqtlarda tadbirlar uchun ko‘ylak kiyishi ham mumkin. Kiygan liboslari oddiy bichimli ortiqcha bezaklarsiz bo‘lishiga e’tibor qaratadi.

Foto: Star hit.ru

56 yashar siyosatchining stilistlari unga kalta libos yarashmaydi, deb hisoblaydi, shuning uchun ham Kamala omma oldida tizzadan pastda turadigan uzunlikdagi ko‘ylaklarda namoyon bo‘ladi.

Foto: Star hit.ru

Xarrisning garderobidagi eng sevimli kiyim-kechaklardan yana biri jinsi hisoblanadi. U fuqarolar bilan ko‘rishishga va muhim muzokaralarga ham qulay jinsi shim kiyib tashrif buyurishi mumkin.

Foto: Star hit.ru

Umuman olganda, casual uslubi ushbu jiddiy ko‘rinishni istaydigan xonimga juda ham yarashadi.

Foto: Star hit.ru

Rang borasida ham Kamala eksperiment qilishni xush ko‘rmaydi. Kulrang, jigarrang va oq Xarrisning sevimli ranglari hisoblanadi.

Foto: Star hit.ru

Ayniqsa, qora uning eng yaxshi ko‘rgan rangi sanaladi va ushbu rangdagi liboslar uning obrazlarini o‘zi istaganidek sipo, shu bilan birga, bashang ko‘rinishiga sabab bo‘ladi.

Foto: Star hit.ru

Kamalaning onasi AQShga ko‘chib kelgan hind immigrantlaridan bo‘lgan. Ota-onasi bolaligida ajrashib ketgan. U yurisprudensiya yo‘nalishida o‘qib, huquq bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2010-yilda Kaliforniya shtatining bosh prokurori lavozimini egallab, 2016-yilda mazkur shtat senatori bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Xarris 2014-yil 22-avgustda advokat Duglas Emxoffga turmushga chiqqan, o‘zining farzandi yo‘qligiga qaramay turmush o‘rtog‘ining birinchi turmushidagi bolalari bilan yaxshi aloqada.

Saylovlardan avval Kamala Xarris nima uchun Trampning shaxsiy dushmani ekani va nega hamma u to‘g‘risida gapirayotgani haqida maqola e’lon qilingandi.

От qwert.uz