Noyabr oyining ikkinchi haftasida dunyoning turli burchaklarida olingan qiziqarli suratlarni taqdim etamiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Angliyaning Tontona shahridagi ippodromda poygalar o‘tkazilmoqda.

Foto: “TASS”

Pekinda taqiqlangan shahar qurilishining 600 yillik yubileyi nishonlamoqda.

Foto: AP Photo

AQShda faxriylar kuni nishonlanmoqda.

Foto: AP Photo

Yaponiyaning Saytama shahrida niqoblar AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lgan Donald Tramp va Jo Baydenning yuzi shaklida chiqarildi.

Foto: Reuters

G‘azo sektorida “Koronavirus va san’at” nomli ko‘rgazma ochildi.

Foto: “TASS”

Armanistonning Yerevan shahrida bosh vazir Nikol Pashinyanning ketishini talab qilish aksiyalari davom etmoqda.

Foto: “TASS”

AQShning Nyu-York shtatida pandemiya davridagi cheklovlar tufayli ko‘cha savdogarlarining namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: EPA

Avstraliyaning Melburn shahridagi okeanarium qayta ish boshladi. Chunki 2 hafta davomida Viktoriya shtatida koronavirus bilan bog‘liq birorta ham yangi holat qayd etilmadi.

Foto: EPA

Xitoyning Shanxay shahridagi qandolatpazlik korxonasida AQSh prezidenti Donald Trampning yuz ifodasi aks etgan pechenyelarni chiqarish boshlandi.

Foto: EPA

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida COVID-19 tufayli qurbon bo‘lgan shifokorlarga atab yodgorlik burchagi tashkil etildi.

Foto: EPA

Hindistonning Mumbay shahrida aholi Divali bayramiga hozirlik ko‘rmoqda.

Foto: Reuters

Germaniyaning Berlin shahridagi kayzer Vilgelm memorial cherkovi yonida 22 metrlik Rojdestvo archasi o‘rnatildi.

Foto: “TASS”

Janubiy Koreyaning Seul shahridagi Olimpiya bog‘i osmonida dronlar shousi namoyish qilindi.

Foto: EPA

Turkiyaning “Istanbul Park” trassasida Turkiya 2020-yilgi Gran-pri dasturining ilk sessiyasi o‘tkazildi.

Foto: Reuters

Boliviyaning Altiplano shahrida sayr qilib yurgan lama.

Foto: EPA

Ruminiyaning Buxarest shahri osmonidagi qarg‘alar to‘dasi.

Foto: EPA

Hindistonlik Shivam Singx yangi dunyo rekordini o‘rnatish maqsadida 127 metrlik olovli tunneldan mototsiklda o‘tdi.

Foto: EPA

Hindistonning Assam shahrida fil turistlar bilan uchrashuvga tayyorlanmoqda.

Foto: AP Photo

Mumbay shahrida yukini ko‘tarib olgan ayol temiryo‘lda yurib kelmoqda.

Foto: Reuters

Boliviyaning sobiq prezidenti Evo Morales Argentinadan o‘z vataniga qaytdi.

Foto: Reuters

От qwert.uz