Smetanali sousda qo‘ziqorinli do‘lma pishirib ko‘ring

Mazasi og‘zingizda qolishi aniq  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Gastronom”

Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Karam — 1 dona
  • O‘simlik yog‘i – 3 osh qoshiq
  • Smetana – 200 gr
  • Tuz

Foto: “Gastronom”

Nachinka uchun:

  • Guruch – 100 gr
  • Piyoz — 1 dona
  • Qo‘ziqorin – 200 gr
  • Qizil bulg‘ori qalampiri — 1 dona
  • Sabzi — 1 dona
  • Shivit, sarimsoq

Tayyorlanish jarayoni:

  • Guruchni suvda pishirib oling.
  • Karam barglarini tuzlangan suvda 5-6 daqiqa pishirib oling.
  • Nachinka uchun yuqoridagi mahsulotlarni mayda qilib to‘g‘rang.
  • Tovada qo‘ziqorinni qovurib, alohida idishga soling.
  • Piyozni qovuring, bulg‘ori, sabzi va maydalangan sarimsoq solib aralashtiring.
  • Qovurilgan mahsulotlarni guruch va qo‘ziqoringa qo‘shib aralashtiring.
  • Ko‘katlar, tuz va murch qo‘shing.
  • Karam barglari ichiga nachinkadan ikki qoshiqdan solib, o‘rab chiqing.
  • Pechda pishirishga mo‘ljallangan idishga do‘lmalarni terib, ustidan smetana quying.
  • 180 daraja qizigan pechda 25 daqiqa davomida pishiring.
  • Taomni yengil salat va sous bilan iste’mol qilish mumkin.

Yoqimli ishtaha!