Tvorogni nafaqat o‘zini iste’mol qilish, balki undan nonushta, tushlik va kechki ovqatga mazali taom tayyorlash ham mumkin  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Tvorogga ko‘katlar qo‘shib, pomidorli buterbrod tayyorlang

Foto: “Gastronom”

Nonushtaga shunchaki tvorogning quruq o‘zini iste’mol qilmang, qizdirilgan non yoki kreker ustiga tvorogga murabbo yoki asal qo‘shib surting. Yo bo‘lmasa tvorogga ko‘katlar qo‘shib bir bo‘lak non ustiga sousga o‘xshab surtib, uning ustidan pomidor yoki bodring qo‘yib buterbrod tayyorlang.

Tvorog va sabzavotlardan tushlikka zapekanka tayyorlang

Foto: “Gastronom”

Maxsus idishga yog‘ surting. Muzlatkichda bor sabzavotlarni to‘g‘ralganini terib chiqing va ustidan tvorog soling. Pishloqni qirg‘ichdan chiqarilgani va ko‘katlar bilan bezab, pechda pishirib oling.

Tvorogli xamirdan pirojki pishiring

Foto: “Gastronom”

Pirojki xamirini tvorog qo‘shib tayyorlang. Nachinkasiga karamni nomiga qovurib oling va qaynatilgan tuxumni maydalab to‘g‘rab qo‘shing. Guruch yoki pyureli nachinka tayyorlashingiz ham mumkin.

Chizkeyk tayyorlang.

Foto: “Gastronom”

Chizkeykni qimmat pishloq emas, oddiy tvorogdan ham tayyorlash mumkin. Buning uchun 500 gr pechenyeni maydalang, ustidan sariyog‘ solib, tekislab oling. Alohida idishda tuxum, tvorog, smetana va vanilin solib aralashtiring. Qolipdagi pechenye ustiga quyib 170 daraja qizigan pechda 1 soat davomida pishirib oling. Ustini turli mevalar bilan bezashingiz mumkin.

Tvorogdan apelsin sousli kneli tayyorlang

Foto: “Gastronom”

Apelsin po‘stlog‘ini qirg‘ichdan chiqaring va tovada erigan sariyog‘ga qo‘shib 7 daqiqa qovuring. 50 ml apelsin sharbati va kraxmal qo‘shing. Tvorogga shakar va qaymoq soling. Qirg‘ichdan chiqarilgan apelsinni qo‘shing va ustidan tayyorlab olingan sousni quying.

От qwert.uz