Qovoq somsani xush ko‘rmaydigan insonlar kamdan kam topiladi. Ushbu mazali yegulik, ayniqsa, kuz faslida sevib iste’mol qilinadi. Pazanda bekajonlar uchun esa dam olish kuniga ajoyib tanlov — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: “Hi-chef.ru”
Kerakli mahsulotlar:
- Un − 1 kg;
- Qabartma (razrixlitel) − 6 gr;
- Tuxum − 2 dona;
- Margarin − 200 gr;
- Sut − 360 gr;
- Qovoq − 600 gr;
- Piyoz − 600 gr;
- Ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
Kerakli mahsulotlar ajratib olinadi.
Foto: “Hi-chef.ru”
Xona haroratidagi sutga eritilgan margarin va tuz bilan tuxum qo‘shib, aralashtiriladi. So‘ngra un va qabartma solinib, xamir qoriladi.
Foto: “Hi-chef.ru”
Xamir tinguncha somsa uchun “nachinka” tayyorlanadi. Buning uchun qovoq, piyoz mayda kubik shaklida to‘g‘raladi. Tuz va ziravorlar solib, aralashtiriladi.
Foto: “Hi-chef.ru”
Xamir kichik zuvalalarga bo‘linadi.
Foto: “Hi-chef.ru”
Zuvalachalar yoyilib, ichiga “nachinka” solinadi. Xamir cheti asta yig‘ilib, dumaloq shaklda tugiladi. Ustiga tuxum sarig‘i surtib, oq va qora kunjutni ta’bga ko‘ra sepish mumkin. Pech qolipi yog‘lanib, yarim soatga 180 darajaga qo‘yiladi.
Foto: “Hi-chef.ru”
Yoqimli ishtaha!