Do‘kondagidan yaxshiroq: Uy sharoitida tovuqli kolbasa tayyorlaymiz

Uy sharoitida tayyorlangan taom ham foydali, ham ishonchli bo‘ladi. Quyidagi retsept orqali kolbasa tayyorlab ko‘rgandan keyin esa tayyorini xarid qilishingizga hojat qolmaydi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • Suv — 3 l;
  • Tovuq go‘shti;
  • Piyoz — 1 dona;
  • Sabzi — 1-2 dona;
  • Jelatin — 10 gr;
  • Lavlagi — 1 dona;
  • Sarimsoq piyoz;
  • Lavr yaprog‘i;
  • Ta’bga ko‘ra tuz, murch, paprika.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Qozonga suv soling.
  • Unga tovuq, piyoz, sabzi, lavr yaprog‘i, tuz va murchni solib, taxminan 1 soat davomida qaynating.
  • Bulyondan 300 ml olib idishga soling, soviganidan keyin jelatin qo‘shing.
  • Lavlagini qirg‘ichdan chiqarib, suvini siqib oling, bir qoshiq yetadi.
  • Tovuq go‘shtini suyaklaridan ajratib idishga soling, ustiga murch, paprika, maydalangan sarimsoq va lavlagi suvini qo‘shing.
  • Jelatinli bulyon va tovuqli aralashmani qo‘shib blenderda aralashtiring.
  • Plastik “butilka”ning ingichka qismini olib tashlang.
  • Aralashmani “butilka” ichiga soling (havo kirib qolmasligiga e’tibor bering).
  • Qandolat plyonkasi bilan ustini yopib, 10 soatga muzlatkichga qo‘ying.
  • Vaqt o‘tganidan keyin “butilka”dan ehtiyotkorlik bilan tayyor kolbasani chiqarib oling.

Yoqimli ishtaha!